Petition site saytida hozirda AQŞga yaqinlaşayotgan “Irma” dovuli nomini AQŞ prezidenti Donald Tramp qizi Ivanka Tramp nomiga özgartiriş talab qilingan petitsiya paydo böldi. Hozirda bu petitsiyani 6 ming kişi imzolagan.
Petitsiya mualliflari bu taşabbuslarini köplab amerikaliklar Tramp ma'muriyatining iqlim özgarişi muammosiga munosabatidan noroziligi bilan tuşuntirişgan. Ularning fikriça, global isiş dovullarning kuçi va vayronkor oqibatlarini kuçaytirgan. Bunga Xyuston şahrining toşqinlar ostida qolişi va 70 kişining halok bölişiga olib kelgan “Harvi” dovuli misol böla oladi. Petitsiyada aytilişiça, Oq uy muammoni hal qiliş böyiça harakatlar örniga atrof-muhitni himoyalaşda “taraqqiyot yölidan çetlaş” bilan faqatgina uni çuqurlaştirmoqda.
“Tramp ma'muriyati iqlim özgarişini inkor etuvçi odamlarni işga taklif qilib, Iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqib va iqlim özgarişini baholaş böyiça federal qömitani tugatib, bu masalada özining butkul mas'uliyatsiz ekanini körsatdi”, deb aytilgan petitsiyada.
Petitsiyada ta'kidlanişiça, Ivanka Tramp öz otasining global isiş masalasidagi fikri bilan qöşilmasligini bir neça marta aytganiga qaramasdan, aslida bu masalada otasi fikrini özgartiriş uçun heç narsa qilmagan. “Şu sababli biz Jahon meteorologik taşkilotiga murojaat qilib, “Irma” dovulini “Ivanka”ga özgartirişni taklif qilmoqdamiz. Biz Tramp jamoasi a'zolari sayyoramiz va kelajak avlodlarimiz soğliği va xavfsizligi uçun real çoralar qabul qilişlari uçun ularga bosim ötkazişimiz kerak”, deb aytganlar petitsiya mualliflari.












