AQŞ prezidenti Donald Tramp Atlantic naşriga bergan intervyusida öz qizi va maslahatçisi Ivanka Tramp nomzodini Jahon banki prezidentligiga körsatişni öylagani haqida ma'lum qildi. 

"Men hatto Jahon banki rahbarligiga Ivankaning nomzodini ilgari surişni öylagandim. U buni qoyilmaqom qilib uddalagan bölardi, çunki raqamlar bilan zör işlaydi", - dedi Tramp.

Amerika prezidenti özini qarindoş-uruğçilikda ayblaşlari mumkinligidan xavfsirab AQŞ vakili sifatida qizining nomzodini körsatiş fikridan qaytganligini aytdi.

"Agarda şunday qilganimda, meni qarindoş-uruğçilikda ayblagan bölişardi, garçi buning qarindoş-uruğçilikka aloqasi yöq bölsa-da", - deya qayd etgan AQŞ prezidenti.

Yanvar oyida Financial Times gazetasi AQŞ prezidentining qizi Ivankani Jahon banki prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri deb ataşayotganini xabar qilgandi. Keyinroq Oq uy bu xabarni rad etdi, Jahon banki prezidentligiga esa AQŞ moliya vazirining xalqaro işlar böyiça örinbosari Devid Malpass saylandi.