Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bek baraka”da kissavurlik qilgan qiz ushlandi
Zangiota tumanida joriy yilning 18 avgust kuni soat 10.00 dan 11.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, kissavurlik yo‘li bilan, «Bek baraka» savdo majmuasi hududida joylashgan osh markazi oshxonasida mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgan vaqtida Samarqand viloyatida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan D.T.ga tegishli narxi taxminan 1.500.000 so‘m bo‘lgan «SAMSUNG GeLEKSI A-7» rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.Z. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.