AQŞ kuçlarining birinçi hujumi 28-fevral kuni Eron janubidagi Minob şahrida joylaşgan «Şajarayi Toyyiba» boşlanğiç maktabiga qilingan. Bu zarba oqibatida 157 kişi, jumladan, 13 yoşgaça bölgan taxminan 123 nafar öğil-qiz halok bölgan. BMT missiyasi bu maʼlumotlarni keltirar ekan, ularni işonçli va mustaqil manbalardan olingan, deb taʼriflagan.
AQŞning ikkinçi zarbasi ham öşa kuni sodir bölgan va Eronning markazidagi Lamerd şahrida sport markazi hamda uning yonidagi turar-joy binolarini nişonga olgan. Tergovçilarning aytişiça, Eron manbalari 22 nafar tinç aholi vakili, jumladan, beş nafar bola halok bölganini xabar qilgan. Ular yana 170 ga yaqin odam yaralanganini, ular xavfli jarohat olgan bolalar ham borligini qayd etgan.
Uşbu xulosalar BMTning Eron böyiça mustaqil xalqaro faktlarni aniqlaş missiyasi tayyorlagan 18 sahifalik hisobotdan (pdf) örin olgan. New York Times'ning yozişiça, hisobot duşanba, 21-sentabr kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengaşiga taqdim etilişi kutilmoqda. Hujjatda, şuningdek, Eron hukumati namoyişçilarni bostiriş çoğida sodir etgani aytilgan va insoniyatga qarşi jinoyatlarga teng deb baholangan qonunbuzarliklar ham yoritilgan.
Minobdagi hujum
Hisobotning birinçi qismi Minobdagi maktabga berilgan zarbaga bağişlangan. Unda şunday deyiladi: «Missiya AQŞ tinç aholining ölimiga, jarohatlanişiga yoxud fuqarolik obyektlarining şikastlanişiga olib keluvçi, nişonni farqlamaydigan hujum uyuştiriş orqali harbiy jinoyat sodir etganiga işoniş uçun yetarli asoslar bor deb hisoblaydi».
Hujjatda qayd etilişiça, AQŞ öz nişoni harbiy maqsad ekanligini tekşiriş uçun barça imkoniyatlarni işga soliş majburiyatini bajara olmagan.

Zarbadan keyin qoldiqlar ustida jurnalistik suriştiruvlar ham ötkazilgan. Xususan, NYT'ning özi mart oyida eʼlon qilgan
























