Yakunlangan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim mavzulari – Kun.uz dayjestida.

Pensiya yoşi oşadi

Va nihoyat köpdan beri minbarlar orqali gapirib kelinadigan pensiyaga çiqiş yoşini oşiriş masalasi rasmiy tus ola boşladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya tizimini tubdan isloh qilişni nazarda tutuvçi qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.

Loyihadagi eng muhim yangilik bu 2028-yil 1-yanvardan boşlab pensiya yoşi har yili 3 oyga oşirib borilişi va 2039-yilda erkaklar uçun 63 yoşga va ayollar uçun 58 yoşga yetkazilişi haqida.

Şuningdek, loyihaga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab:

  • pensiyani hisoblab çiqariş uçun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi beş yillik iş haqi davri har yili bir yilga oşirib borilgan holda yigirma yillikdagi iş haqi davriga yetkaziladi. Bunda pensiya tayinlaşda örtaça iş haqini aniqlaşda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizini pensiya hisob-kitobidan çiqarib taşlaş tartibi joriy etiladi;

  • yoşga doir pensiya tayinlaş uçun belgilangan kamida 7 yil iş staji har yili bir yilga bosqiçma-bosqiç oşirilgan holda 2034-yilga borib 15 yilga yetkaziladi. Bunda eng kam iş stajiga ega bölmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya yoşidan beş yildan keyin yoşga doir nafaqa oliş huquqi saqlanib qoladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab örtaça oylik iş haqi pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravaridan kam bölgan fuqarolar tomonidan jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga ixtiyoriy ravişda iş haqining 5 foizi miqdorida ötkazgan mablağiga 50 foizgaça tabaqalaştirilgan miqdorda davlat byudjeti mablağlari hisobidan qöşimça tölab beriladi. Bundan taşqari, örtaça oylik iş haqining pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravaridan yuqori qismidan 1 foizi miqdoridagi mablağ ijtimoiy soliq hisobidan fuqaroning jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağiga tölab beriladi va uşbu miqdor 2033-yildan 2 foiz hamda 2040-yildan 3 foizga yetkaziladi.

Fuqarolarga jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağlarni investitsiya va moliyaviy vositalarga joylaştirişda iştirok etiş imkoniyati beriladi.

2030-yil 1-yanvardan boşlab jamğarib boriladigan pensiya hisobvarağidagi mablağlardan fuqarolar oğir kasallikka çalinganda davolaniş uçun hamda ipoteka kreditiga boşlanğiç tölov sifatida foydalaniş huquqi beriladi.

Pensiya jamğarmasi rahbari Murodbek Otajonov loyihani tuşuntirarkan, pensiya yoşini oşiriş taklifini aholining örtaça umr köriş davomiyligi uzaygani bilan izohladi.  

“Pensiya yoşini oşirişning birinçi sababi jamiyatimizda insonlarning örtaça umr köriş davri uzaygani bilan boğliq. Özbekistonda 1993-yildan beri pensiya yoşi oşirilmagan. 1993-yilda mamlakatda örtaça umr köriş davomiyligi 67,3 yoş bölgan. 2025-yilga kelib bu körsatkiç 75,4 yoşga yetdi. Erkaklarimizda örtaça umr köriş 72,39 yoş, ayollarimizda 77 yoş”, degan jamğarma rahbari.

Murodbek Otajonovning aytişiça, hozir Özbekistonda 4,3 million nafar pensioner bor va bu aholining 11,2 foiziga teng. 2040-yilga borib, pensionerlar soni 8 million nafarga, aholi sonidagi uluşi esa 15 foizgaça yetişi prognoz qilinmoqda. Öz navbatida 2039-yilda örtaça umr davomiyligi erkaklarda 74 yoş, ayollarda 78 yoşga yetişi kutilyapti.

Joriy yil boşida mamlakatda 60 yoşdan oşsa-da, staji yetmagani sababli pensiyaga çiqa olmaganlar soni 470 ming nafarga yetgan.

Loyihaning boşqa tafsilotlari hamda odamlarni qiziqtirgan eng muhim savollarga hamkasbim Madina Oçilova Pensiya jamğarmasi masʼullaridan javob olgan. Kimga qiziq bölsa, yutub sahifamizda tomoşa qilişi mumkin.

«Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, keçirmayman!»

Davlat rahbari Özbekistonning kuç tuzilmalari rahbarlarini jiddiy ogohlantirdi.

Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda tadbirkorlik uçun xavfsizlik masalasi muhim ekaniga eʼtibor qaratgan.

Agar hokimiyat tartibni taʼminlay olmasa, faqat iqtisodiy yönalişdagi işlarning özi yetarli emasligi qayd etilgan.

Prezident tinçlik va osoyiştalikni saqlaş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar yanada jadal işlaşi kerakligini taʼkidlab, içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovga jinoyatçilikni jilovlaş böyiça köproq işlaş vazifasini qöygan.

“Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, birortangni keçirmayman”, degan prezident mamlakat kuç tuzilmalari rahbarlariga qarata.

Partiya rahbari va Madaniy meros agentligi örtasida qarama-qarşilik çiqdi

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi, Qonunçilik palatasi deputati Alişer Qodirov madaniy meros obyektlaridan birini saqlab qoliş masalasiga eʼtiroz bildirdi. U binoning Özbekiston milliy madaniyati uçun ahamiyatini savol ostiga oldi.

“Toşkent şahrining örtasida bitta eski, qanaqadir buzib taşlasa ham böladigan binoni madaniy meros sifatida qöriqlab, sudga berib, janjallaşilyapti. Heç kimga kerak emas, bir rus rassomining qanaqadir uyi ekan u. Olib ketişingiz kerak uni, bizga nima keragi bor uning? Bizga qanaqa qadriyati bor uning madaniy meros sifatida? Qanaqa ahamiyati bor? “Şohizinda”ning oldida mingdan biriga töğri keladimi? Kim rassom bölişidan qatʼi nazar”, deydi deputat.

Alişer Qodirov Toşkentning Bobur köçasidagi 7-uy manzilida joylaşgan tarixiy uy haqida fikr bildirgan bölişi mumkin.

Madaniy meros agentligi şu yil 8-sentabr kuni mazkur uydagi moddiy madaniy meros obyektini saqlab qoliş masalasi yuzasidan Boş prokuraturaga murojaat qilgandi.

Agentlik maʼlumotiga köra, bino moddiy madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasida. 2020-yilda agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşi binoni Moddiy madaniy meros obyektlarining Milliy röyxatiga kiritiş masalasini maʼqullagan. 2021-yilda esa obyektni Milliy röyxatdan çiqariş böyiça taklif rad etilgan.

Şu bilan birga, Toşkent şahar hokimining 2018-yil 30-oktabrdagi qarori bilan Universal Packing Masters MÇJga mazkur manzildagi turar va noturar joy binolarini buziş hamda hududda köp qavatli turar joy binosi quriş uçun yer uçastkasi ajratilgan. 

Öquvçiga zöravonlik qilgan öqituvçi 2 mln 200 ming sömgaça jarimaga tortiladi

Endi öqituvçilar öquvçilari bilan yanada öylabroq gaplaşadigan davr keldi. Gap şundaki, bolalarni himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun imzolandi va kuçga kirdi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga kiritilgan qöşimçaga köra, taʼlim taşkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlar öz zimmasiga yuklatilgan şaxs tomonidan tarbiya va taʼlim beriş jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zöravonlik sodir etiş, şuningdek, uni kamsitiş yoki xörlaş kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlaş - bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan beş baravarigaça miqdorda (440 ming sömdan 2,2 mln sömgaça) jarima solişga sabab böladi.

Umid qilamizki, tarbiyasi haminqadar öquvçilar-u, ularning ota-onalari uşbu qonunni suiisteʼmol qilmaydilar.

        Eski kombaynlarni yangi deb olib kirişdi

Bir neça yil hukumatning agrosektorida yuqori lavozimlarda işlagan, oxirgi paytlarda “Özagrolizing” AJ boşqaruv raisi bölgan Nodir Otajonov 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani maʼlum böldi.

Garçi u avvalroq hibsga olingan bölsa-da, Kun.uz jurnalistlari sobiq amaldorning jinoiy qilmişlaridan sözlovçi hujjatlarni ötgan haftadan qölga kiritdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, Nodir Otajonov (2020-yil 24-noyabrdan 2025-yil 8-aprelga qadar “Özagrolizing” AJ boşqaruv raisi lavozimida işlagan) 2024-yil bahor oylarida Xitoy kompaniyasi vakillari bilan norasmiy aloqa örnatgan. Ularga avval foydalanilgan va qiymati arzon bölgan 3 qatorli 100 dona paxta teriş kombaynini 2 qatorli “4MZ-2A” rusumli yangi kombayn körinişida qayta taʼmirlab, har birini 80 ming dollardan Özbekistonga yetkazib berişni taklif qilgan.

Ular bu taklifga rozi bölsa, kombaynlarni import qiliş yuzasidan şartnoma imzolaniş majburiyatini öz zimmasiga olişi evaziga şartnoma umumiy qiymatining 15 foiz miqdorida öziga uluş ajratilişi xususida oğzaki kelişgan.

Hukmga köra, Otajonov Xitoy kompaniyasi bilan 100 ta paxta teriş kombayni importi uçun 8 mln dollarlik şartnoma tuzilişini taʼminlaş orqali 1 mln 180 ming dollar uluş olgan. U uşbu pullarni döstining xonadonida saqlagan.

Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2025-yil 28-oktabrdagi hukmi bilan Nodir Otajonovga 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş va 206 mln 250 ming söm jarima jazolari tayinlangan. Apellyatsiya instansiyasi (2026-yil 23-iyun) jazoni özgarişsiz qoldirgan.

Maʼlumot uçun, Nodir Otajonov 2024-yil avgustda “Özagrolizing” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi sifatida “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan taqdirlangan.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Zamon özgargani sari şaharlar ham özgaradi: yangi yöllar oçiladi, ulkan inşootlar quriladi, eski binolar buziladi. Katta qurilişlar zarurati baʼzan şunday çegaraga borib yetadiki, taraqqiyot yölida nafaqat uy-joylar, balki marhumlar manzili bölgan qabristonlar ham köçirilişiga töğri keladi. Toşkent viloyatida ham ana şunday jarayon kutilmoqda.

Gap şundaki, Toşkent viloyatida Yangi Toşkent xalqaro aeroporti quriladigan hududda joylaşgan 7 ta eski qabriston boşqa qabristonlarga köçiriladi. Bu haqda Toşkent viloyat hokimi qaror qabul qilgan.

Qarorda aytilişiça, köçiriladigan qabristonlarning ikkitasi Quyi Çirçiq, beştasi Örta Çirçiq tumanida joylaşgan.

Ular: Quyi Çirçiq tumanidagi Sergeli mahallasida joylaşgan «Sergeli bolalar» va «Koreys» qabristoni, Örta Çirçiq tumanidagi Yangiyöl mahallasi hududida joylaşgan «Suvon bağiş» va «Qudoyqul» musulmon qabristonlari, «Qudoyqul» va «Sariqtepa» koreys qabristonlari hamda «Boris» rus xristian qabristoni.

Uşbu qabristonlarda dafn işlari uzoq yillar avval töxtatilgan. Özbekiston musulmonlari idorasi 2026-yil 10-aprelda bu böyiça xulosa bergan.

Qabrlar oçilganda suyak qoldiqlari aniqlansa, ular ehtiyotkorlik bilan yiğilib, boşqa qabristonlarga qayta dafn etiladi. Köçiriş işlari sanitariya-epidemiologiya, ekologik, arxitektura, diniy va jamoatçilik talablariga rioya qilgan holda olib boriladi.

Qarorda qabrlar qaysi qabristonlarga köçirilişi ham belgilangan:

«Sergeli bolalar» qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar «Şardara» qabristoniga, «Koreys» qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar Sergeli mahallasidagi rus-koreys qabristoniga köçiriladi.

«Suvon bağiş» va «Qudoyqul» musulmon qabristonlaridan eksgumatsiya qilingan qabrlar Yangiyöl mahallasidagi «Zaynab ona» qabristoniga qayta dafn etiladi.

«Qudoyqul» va «Sariktepa» koreys qabristonlari hamda «Boris» rus xristian qabristonidan eksgumatsiya qilingan qabrlar esa Taraqqiyot mahallasidagi koreys qabristoniga köçiriladi.

Qayta dafn qiliş işlari diniy urf-odatlarga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan.

        Toşkent jamoat transportida yangi rekordlar

Toşkentning metrosi va avtobuslarida odam taşiş böyiça yangi rekordlar örnatilgani aytildi. 15-sentabr kuni Toşkent şahar avtobuslarida yölovçi taşiş böyiça rekord qayd etilgan – 1 million 520 ming 113 nafar yölovçi avtobuslardan foydalangan. Xabarni eʼlon qilgan Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi avvalgi rekord qança bölganini oçiqlamagan.

14-sentabr kuni metropoliten xizmatlaridan 1 165 550 nafar yölovçi foydalanib, avvalgi eng yuqori körsatkiç – 2026-yil 8-may kungi 1 117 061 nafar yölovçi rekordini yangilagan.