AQŞ Federal zaxira tizimi sentabr oyida ötkazgan yiğilişida asosiy stavkani 0,25 foiz bandga oşirib, 3,75-4 foiz oraliğida belgiladi. Bu haqda Federal oçiq bozorlar qömitasi (FOMC) taqdim etgan press-relizda maʼlumot berildi. Oxirgi marta stavkani kötariş 2023-yil iyulda yuz bergandi.
FZT stavkani nega oşirdomillari?
Stavkani oşiriş qarorini FOMC 12 ta aʼzosiing hammasi bir ovozdan maʼqulladi. Bunga quyidagi omillar asos sifatida keltirilyapti.
Birinçidan, AQŞda yillik inflyatsiya pasaymayapti. Bu körsatkiç avgust oyida 3,4 foizni taşkil etdi. FZTning uzoq muddatli targeti inflyatsiyani 2 foizgaça tuşiriş hisoblanadi, biroq narxlarning pasayişi kutilganidan ança sekinlaşib qoldi. Masalan, avgust oyida narxlarning kötarilişi iyul oyidagi 0,1 foizdan 0,4 foizgaça tezlaşdi.
Ikkinçidan, Yaqin Şarqdagi keskinliklar sababli xalqaro bozorda neftning barreli yana 100 dollardan oşib ketdi. Şu bilan birga, dizel yonilğisi narxlari ham sezilarli qimmatlaşdi, bu esa barça sohalarda xarajatlarni köpaytiryapti. Masalan, energetika tovarlari böyiça yillik inflyatsiya 16,3 foizni taşkil etyapti.
Uçinçidan, FZT raisi Kevin Uorş iqtisodiyot barqaror surʼatlarda ösayotgani, aholi xarajatlari va investitsiyalar yuqoriligi, mehnat bozori ham möʼtadilligini taʼkidlab ötdi. Iqtisodiyotda bunday kuçli talab saqlanib qolganda inflyatsiyani faqatgina pul-kredit siyosatini qatʼiylaştiriş orqali jilovlaş mumkin böladi.
Fed raisi matbuot anjumanida regulyator neft yoki oziq-ovqat kabi alohida mahsulotlar narxiga bevosita taʼsir körsata olmasligini aytib ötdi. Uning tuşuntirişiça, stavka oşirilişi narxlar ösişining iqtisodiyot böylab kengroq tarqalib ketişining oldini olişga yordam berişi kerak.
Stavka oşirilişi bozorga qanday taʼsir körsatdi?
Blooomberğning yozişiça, treyderlar sentabr oyida stavka oşirilişi ehtimolini 90 foizdan yuqori baholagan. Şu sababdan FZT qarori fond bozorlariga jiddiy taʼsir körsatmadi.

















