Har yili Özbekistonda yuz minglab çaqaloq dunyoga keladi. Ularning umumiy soni mamlakatning demografik holati haqida maʼlumot bersa-da, tuğilgan bolalarning jinsi böyiça nisbati ham juda muhim körsatkiçlardan biri hisoblanadi. Çunki öğil va qiz bolalar sonidagi farq vaqt ötişi bilan jamiyatning demografik tarkibiga jiddiy taʼsir qilişi mumkin. Kun.uz oçiq maʼlumotlar asosida 2010-yildan 2025-yilgaça bölgan davrda jinslar böyiça tuğilişlar soni va hududlardagi vaziyatni tahlil qildi.
2010-2025 yillar oraliğida doimiy ravişda Özbekistonda öğil bolalar qizlarga nisbatan köproq tuğilgan. Bu borada eng yuqori tafovut 2018-yilda (10,4 foiz) kuzatilgan bölsa, eng past tafovut 2025-yilda (7 foiz) qayd etilgan.

Hisobot davrida Özbekistonda jami 12 mln 486 ming 844 nafar çaqaloq dunyoga kelgan. Ulardan 6 mln 482 ming 375 nafari öğil, 6 mln 4 ming 469 nafari qiz bolalardir. 16 yillik jamlangan körsatkiç böyiça butun respublikada öğil bolalar qizlarga nisbatan 477 ming 906 nafarga (7,96 foizga) köp tuğilgan. Bu har 100 nafar qiz çaqaloqqa örtaça 108 nafar öğil bola töğri kelayotganini anglatadi.

2010-2025 yillar oraliğida öğil bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi böyiça Qaşqadaryo viloyati (8,98 foiz) mutlaq birinçi örinni egallagan. Bu yerda har 100 nafar qiz bolaga 109 nafar öğil bola töğri keladi. Ikkinçi va uçinçi örinlarda Namangan (8,64 foiz) va Jizzax (8,33 foiz) viloyatlari joylaşgan.
Nisbatan muvozanatli körsatkiç Qoraqalpoğiston Respublikasida (6,76 foiz) qayd etilgan. Şuningdek, Navoiy (7,27 foiz), Farğona viloyatlari (7,40 foiz) va Toşkent şahrida (7,48 foiz) ham örtaça körsatkiç respublika darajasidan pastroq şakllangan. Hududlar orasida jami tuğilişlar soni böyiça ham, öğil va qiz bolalar örtasidagi mutlaq son farqi böyiça ham Samarqand viloyati yetakçilik qilgan.
Tuman va şaharlar kesimida tahlil qilinadigan bölsa, eng katta gender tafovut Ohangaron şahrida kuzatilgan - 16,4 foiz (tuğilgan öğil bolalar soni qiz bolalarga nisbatan şunça foizga köproq). Şuningdek, Bekobod şahri (12,1 foiz), Söx (11,4 foiz), Kökdala (11,3 foiz) va Koson tumanlarida (10,9 foiz) ham bu körsatkiç juda baland hisoblanadi.










