2017 yilning 9 noyabr kuni, soat taxminan 08:30larda, muqaddam sudlangan T.A. özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Toşkent şahri Bektemir tumanida joylaşgan avtobuslar töxtaş bekatida, fuqaro D.Yu.ning kissasidan narxi 1.500.000 söm bölgan "SAMSUNG GALAXY S-4" rusumli uyali aloqa telefonini öğirlamoqçi bölgan vaqtida içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlikka suiqasd qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.












