AQŞda komikslar muallifi va Marvel sayyorasidagi Rosomaxa personaji yaratuvçilaridan biri Len Ueyn vafot etdi. Stsenariynavis 69 yoşida hayotdan köz yumdi. "Life" yozuvçi Brayan Maykl Bendis xabariga asoslanib, şu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga köra, Ueyn oxirgi vaqtda bir neça jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgan, ulardan biri umurtqa poğonasi sohasida bölgan. Bundan taşqari, uning tovoniga yiring yiğilgan. Şunday bölsa-da, komikslar muallifining ölimiga aynan nima sabab bölgani ma'lum qilinmagan. 

Ta'kidlaş joizki, Len Ueyn Rosomaxani rassom Don Ramita va Gerb Trimplar bilan birga işlagan. "X odamlar" komikslar ekranizatsiyasida Rosomaxa rolini ijro etgan Xyu Jyekman ssenariynavisning ölimi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.