Texasda yuz bergan otişma oqibatida kamida sakkiz kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Associated Press Pleyno şahri politsiyasiga asosan.

Politsiya vakili Devid Tillining sözlariga köra, politsiya xodimlari öq tovuşlari haqidagi xabarlardan söng şahardagi uylardan biriga yetib kelişgan.

Politsiyaçilar gumonlanuvçini uçratişgaç, otişma boşlangan, natijada ikki zobit yaralandi, jinoyatçi esa voqea joyida halok böldi, deya xabar qilgan Tilli.

Ta'kidlanişiça, halok bölganlar şaxsi hozirça aniqlanmadi. Bu holat böyiça tergov boşlandi.

28 avgust kuni Amerikaning Nyu-Meksiko ştatidagi Klovis şahrida joylaşgan kutubxonada otişma röy bergani, 2 kişi halok bölib, 4 nafar inson şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.