Xitoy hukumati mamlakat hududida benzinli yoki dizelli dvigatellar bilan jihozlangan avtomobillarni işlab çiqariş va sotişdan töliq voz keçiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri örinbosari Sin Gobinga tayangan holda xabar qilmoqda. Uning sözlariga köra, ayni vaqtda taqiqni joriy qiliş muddati hukumatda muhokama qilinmoqda. Gobinning aytişiça, içki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillarni taqiqlaş atrof-muhit holatini yaxşilaş va Xitoy avtosanoati rivojiga turtki beradi. 

Xitoyning yengil avtomobillar eksporti bilan şuğullanuvçi yirik Chery Automobile Co. kompaniyasi vakili Lyu Çjitszyaning ma'lum qilişiça, bu taqiq 2040 yildan söng joriy etilişi mumkin. Unga köra, Xitoy kabi ulkan bozorga tayyorlaniş uçun vaqt kerak. 

Ma'lumki, 2040 yildan Fransiya va Buyuk Britaniya ham benzinli va dizelli avtomobillar işlab çiqarişni taqiqlaydi. Boşqa mamlakatlar, xususan, Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya kabi davlatlar ham şu kabi çeklovlarni muhokama qilmoqda. 2016 yili Xitoyda 28 mln dona avtomobil işlab çiqilgan, şundan 500 mingtasi elektromobildir. 

Köplab xorijiy kompaniyalar, jumladan Mercedes-Benz, Volvo, Audi, Ford va Tesla Xitoyda elektromobillar işlab çiqarmoqda.