Myanma hukumati BMTning Inson huquqlari kengaşi inspektorlarini Arakandagi vaziyatni örganişga qöymadi. Bu haqida BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Raad Al-Husaynning sözlariga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi. 

Zayd Raad Al-Husaynning sözlariga köra, Arakandagi vaziyat öquv darsliklaridagi etnik tozalaş tuşunçasini yodga soladi. 

Myanma şimolidagi Arakan ştatida yaşovçi musulmonlarga hujumlar 25 avgustdan kuçaydi va ular ommaga "qurollangan jangarilarga qarşi kuraş" sifatida keltirilmoqda. Mintaqadagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşgan. Bangladeşga qoçgan arakanliklar soni 290 mingga yetdi. 

Yevropa musulmon-rohingyalar kengaşi matbuot kotibi Anita Şugning ma'lum qilişiça, Arakan ştatida uç kun içida harbiylar va buddistlar hujumlari natijasida 2-3 ming musulmon halok bölgan.