Hindistonlik işbilarmon Bxavin Turakxiya IT sohasida muvaffaqiyatli loyiha yaratişga doir qoidalari bilan bölişdi. "Layfxaker" işbilarmonga barça IT-loyihalarni yaratiş va muvaffaqiyatga erişişda yordam beruvçi 8 tamoyil haqidagi ma'lumotni taqdim etdi.

Bxavin Turakxiya - seriyali texnologik işbilarmon, Flock kompaniyasi asosçisi va boş direktori. 19 yildan beri mazkur sohada faoliyat yuritadi, bugunga qadar 11 kompaniyaga asos solgan.

1. Qiymatni emas, qadrni oşiruvçi biznesni yölga qöyişga diqqatni qaratiş

Mening har bir loyiham avval boşdanoq şunçaki pul işlaş uçun emas, oxir-oqibat dunyoni yaxşi tomonga özgartirişga yönaltirilgan. IT-işbilarmon tomonidan yaratilayotgan mahsulot birinçi navbatda kompaniya narxini oşiriş emas, mijozlarning turmuş sifatini yaxşilaş uçun xizmat qilişi kerak.

Bozor narxi insonlarning hayotini yaxşilovçi muvaffaqiyatli mahsulotning aks natijasidir.

2. Faqat eng yaxşi xodimlarni işga yollaş

Har qanday biznesning eng qadrli aktivi — odamlar. Şunçaki işga yollaş va böş iş örinlarini töldiriş muvaffaqiyat keltirmaydi.

Men öz loyihalarimga doim eng yuqori standartlarga javob beradigan xodimlarni izlaşga harakat qilaman, ularni soha bozoridan topib, işga jalb qilaman. Şu bilan birga xodimlarni öqitiş va ularning salohiyatini rivojlantirişga ham mablağ ajratiş lozim. Bunda xodimlar malaka oşirib, öz bilimlarini boyitiş imkoniga ega bölişadi.

Biz ikki marta IT-biznesdan yirik pul bilan çiqqanmiz: 2014 yilda - 160 million dollar bilan, 2016 yilda - 900 million dollar bilan. Bu loyihalar dastlab heç qanday taşqi investitsiyasiz yölga qöyilgan. Muvaffaqiyatning bori u yerda işlagan xodimlarga asoslangan.

3. Asosçining ustunligi muvaffaqiyatni kafolatlamasligini yodda tutiş

Biror sohada iz qoldiriş uçun uning asosçisi böliş şart emas. Bir neça yil davomida barqaror faoliyat yuritgan sektorga sarmoya kiritiş va innovatsion qaror taklif qiliş mumkin. Bunday davriylik ayniqsa innovatsiya va stagnatsiya örtasida ikkilanayotgan texnologik sektorga xos.

Muvaffaqiyatga erişiş uçun mutlaqo yangi ğoya kerak emas, şunçaki avvalgisidan yaxşi bölsa bölgani.