25 avgustdan boşlab Myanmaning Arakan ştatidan Bangladeşga qoçgan rohingya musulmonlari soni 370 mingga yetdi. Bu haqda BMTning inson huquqlari böyiça muvofiqlaştiriş qömitasi matbuot kotibi Leonard Doyl ma'lum qildi. 

Avvalroq BMT Myanma hukumati BMTning inson huquqlari kengaşi nozirlariga Arakanga taşrif buyurişga ruxsat bermayotganini ma'lum qilgandi.

Arakan ştatidagi musulmonlarga qarşi hujumlar 25 avgustda kuçaygan va “qurollangan jangarilarga qarşi kuraş” bahonasida amalga oşirilmoqda. Şu sababli hududdagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşgan.