"Soliq kodeksi"ga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi QHTBT portalida  joylaştirilgan bölib, u soliq nazoratining yangiça şakli — soliq monitoringini nazarda tutadi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Soliq monitoringi nima?

Soliq monitoringi deganda loyihada soliq tölovçilarga joriy soliq soliş masalalarini hal qilişda har tomonlama kömaklaşgan holda davlat soliq xizmati organlari (keyingi örinlarda - DSXO) va halol soliq tölovçilar örtasida kalendar yil mobaynida kengaytirilgan axborot almaşinuvini nazarda tutuvçi soliq nazoratining şakli tuşuniladi.

Soliq monitoringi mobaynida soliq va boşqa majburiy tölovlarning töğri hisoblab yozilişi, töliq va öz vaqtida tölanişi nazorat qilinadi.

Davlat xizmatidan kim foydalanişi mumkin?

Soliq tölovçi soliq monitoringini ötkaziş haqidagi ariza taqdim etilayotgan yildan oldingi yil yakunlariga köra mikrofirma va kiçik korxona toifasiga kirmagan yoki ötgan yildagi tovar aylanmasi 10 mlrd sömdan ortiqni taşkil etgan taqdirda (agar jumlasiga kirsa) davlat soliq xizmati organiga soliq monitoringini ötkaziş haqidagi ixtiyoriy ariza bilan murojaat etişi mumkin.

Soliq monitoringi haqidagi qaror qanday qabul qilinadi

Soliq monitoringini ötkaziş töğrisidagi ariza (DSQ tomonidan tasdiqlanadigan şakl böyiça) soliq tölovçi röyxatdan ötgan joy böyiça DSXOga soliq monitoringi ötkazilişidan avvalgi yilning 1 iyulidan keçiktirilamasdan (ya'ni, kamida yarim yil oldin murojaat qiliş talab etiladi – tahr.) beriladi.

Soliq monitoringini ötkaziş töğrisidagi ariza bilan birga özaro axborot almaşiş reglamenti ham taqdim etiladi (reglamentning şakli va talablari ham DSQ tomonidan tasdiqlanadi).

DSXO taqdim etilgan ariza va boşqa hujjatlarni körib çiqib, 1 oktabrga qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) soliq montoringini ötkaziş töğrisidagi qaror;
2) soliq montoringini ötkazişni rad etiş töğrisidagi qaror.

Rad etiş töğrisidagi qarorni qabul qiliş uçun quyidagilarni tan oliş taklif etilmoqda: