13 sentabr kuni Aziz Muhitdinov UZINFOCOM Markazi direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. Bu haqda markaz blogi orqali rasman ma'lum qilingan.
Aziz Muxitdinov bungaça markaz direktorining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. U 2016 yilning noyabridan markazga rahbarlik qilib kelgan Husan Nurillayeviç Isayev örnini egalladi.
Aziz Muhitdinov – AKT sohasida boy iş tajribasiga ega öz kasbining mutaxassisi. Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi, «Özbektelekom» AK, Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi, keyinçalik esa Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida iş faoliyatini yuritgan. Aziz Muhitdinov UZINFOCOM Markazida joriy yilning may oyidan boşlab direktor birinçi örinbosari lavozimida iş boşlagan.








