Ukrainaning Odessa şahrida joylaşgan bolalar dam oliş maskanida röy bergan yonğinda jabrlangan qiz binodan 8 bolani qutqardi, deb yozmoqda mahalliy naşrlardan biri "Dumskaya" gazetasi şahar kengaşi deputati Aleksandr Ivanitskiyga asoslangan holda.

"Yonayotgan bino içidan 8-10 yoşdagi 8 bolani qutqardi. Qizning özi oyoği va yuqori nafas oliş organlari kuyişidan aziyat çekmoqda. Uni şifoxonaga olib kelişganida huşini yöqotgan. Ayni vaqtda ösmir qiz Slobodkadagi bolalar şifoxonasining jonlantiriş bölimida", — degan Ivanitskiy.

Foto: dumskaya.net

"Viktoriya" bolalar dam oliş maskanidagi yonğin 16 sentabr kuni röy bergan. Öşa vaqtda maskanda 150 nafar bola, yonayotgan binoning özida 42 bola bölgan. 3 nafar bola halok böldi. Yonğin xavfsizligi talablari buzilganligi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.