Dam oliş kunlari Ispaniya çempionatida 4-tur uçraşuvlari bölib ötdi. «Tribuna» turning asosiy voqealarini keltirib ötadi.
«Barselona»: 4 uçraşuvda 4 ğalaba, keyingi 4 oy Dembelesiz
«Barselona» «Xetafe» maydoniga safar qildi va özining anorrangli formasida ilk uçraşuvini ötkazdi. Uçraşuv boşida maydon egalari töla ustunlik qilişdi, şunga mos ravişda birinçi bölib gol urişdi: yaponiyalik yarim himoyaçi Gaku Sibasaki kataloniyaliklar safida yubiley - yuzinçi öyinni ötkazgan Mark-Andre ter Ştegenni ranjitdi – «Xetafe» çiroyli gol bilan oldinga çiqib oldi.
Mehmonlarga murabbiyning töğri qarorlari yordamga keldi: Ernesto Valverde öyinning ikkinçi bölimida ikki almaştirişni amalga oşirdi va bu natija keltirdi. Maydonda Denis Suares va Paulino paydo bölişdi, aynan ular jamoa ğalabasini ta'minlagan ikki golni urişdi. Natijada, «Barselona» çempionatda qatorasiga törtinçi ğalabani nişonlab, turnir jadvalida yakkapeşqadamga aylandi. Lekin bu öyinda dunyodagi eng qimmat futbolçi Usmon Dembele jiddiy jarohat oldi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, u 4 oy muddatga safdan çiqdi.
San-Sebastyanda «Qirollik uçraşuvi»
«Anoeta»ga safar oldidan madridliklar klubida muammolar paydo böldi – diskvalifikatsiya tufayli safdan çiqqan Ronaldu yoniga «qaymoqranglilar»ning ikkinçi asosiy hujumçisi Karim Benzema ham qöşildi. Ammo Zidan bu vaziyatdan çiqib keta oldi. Bu safar u maydon taşqarisida fint qildi, u köpçilik uçun notaniş Borxa Mayoralni maydonga taşladi. Madridliklar klubining 20 yoşli tarbiyalanuvçisi murabbiyning işonçini ortiği bilan oqladi – u birinçi zarbasiniyoq golga aylantirdi va keyin öyin davomida ham basklar mağlub etilişi uçun barça işni amalga oşirdi, hisob 1:1 bölib turgan vaqtda u bergan zarbani mezbonlar futbolçisi öz darvozasiga kiritib qöydi.
Kevin Rodriges – «Real Sosedad»ning yoş himoyaçisi – u bu öyinda jamoasining asosiy futbolçisiga aylandi: avvaliga madridliklar darvozasini, keyin öz darvozasini işğol qildi, oxirida esa Garet Beyl bilan çopişib kördi, lekin unga uçinçi golni urişga xalal bera olmadi. Beyl «Anoete»da özining oltinçi golini urdi. U «Real Sosedad»ga bu jamoa maydonida eng köp gol urgan futbolçi. «Real» esa golli öyinlari seriyasini davom ettirdi, jamoa endi «Santos» tomonidan uzoq ötmişda qayd etilgan rekordni takrorladi (73 öyin), şuningdek, Madrid klubi qatorasiga 11ta safar uçraşuvida gol urib, yangi rekord örnatdi.











