Özbekiston Qozoğistondan temir yöl texnikasini sotib oladi. Bu haqda “Qozoğiston temir joli” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozoğiston temir joli” AJ va “Özbekiston temir yöllari” AJ Toşkentda bölib ötgan Özbekiston-Qozoğiston biznes-forumi doirasida strategik hamkorlik töğrisidagi bitimni imzoladilar.

Hujjat doirasida Özbekiston va Qozoğiston kompaniyalari ikki mamlakat hududi orqali ötadigan xalqaro transport yönalişlarining raqobatbardoşligini oşiriş, şuningdek, temir yöl transport vositalarini eksport qiliş maqsadida uzoq muddatli hamkorlik va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş niyatida. 

Şuningdek, tomonlar joriy yil oxiriga qadar Qozoğistondan Özbekistonga 5 ming tonna rels yetkazib beriş böyiça kelişuvni imzoladilar.

“Qozoğiston temir joli” AJ va “Özbekiston temir yöllari” AJ 2020 yilgaça 40 ming tonna relslarni yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli şartnoma imzolaşga kelişib oldilar.