35 yil avval, ya'ni 1982 yil 19 sentabrda AQŞning Pittsburgidagi Karnegi-Mellon universiteti professori Skott Falman elektron yozişmalarda "ikki nuqta-tire-qavs" ketma-ketligidan – :-) tabassumni bildiruvçi belgi sifatida foydalanişni taklif qilgan. Şu tariqa hozirda usiz onlayn-muloqotni tasavvur qiliş qiyin bölgan smaylik (emotikon) belgisi paydo bölgan.
Falmanning aytişiça, dastlab smaylik zarurat tariqasida işlatilgan. Öşa vaqtda AQŞ universitetlari xodimlarida öz hamkasblari bilan zamonaviy internetning ilk körinişi – APRANET yordamida elektron yozişma olib boriş imkoniyati paydo bölgan. Jamoaviy muloqot uçun elektron byulleten deb nomlangan e'lonlar taxtasi işlab çiqilgan. Bu yerda istalgan olim öz xabarini qoldirişi mumkin bölgan.
Tez orada bunday taxtalarda fanga aloqasi bölmagan matnlar paydo böla boşlagan. Olimlar taxtalardan ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar sifatida foydalanib, hazil-huzul qilişgan, bir-birlari bilan bahslaşişgan, umumiy tanişlari va universitetdagi işlarni muhokama qilişgan. Faqatgina iş böyiça masalalarga qiziqqan xodimlar bunday aralaş-quralaş matnlardan qaysilari işga tegişli ekani, qaysilarini inobatga olmaslik kerakligini farqlaşda qiynalişgan. Ba'zi olimlar esa hazil matnlarni tuşunmay, ularga jiddiy javob berişni boşlaşgan.
Şu tariqa yozişmalar içidan jiddiy bölmagan matnlarni ajratişda yordam beradigan belgiga zarurat tuğilgan. Falman hamkasblariga ikki nutqa, tire va yopiş qavsi yordamida tabassum qilayotgan çehrani, oçiş qavsi bilan esa ğamgin çehrani tasvirlaşni taklif qilgan. Olimning ğoyasiga köra, şu tariqa "hazil" va "oddiy" matnlarni belgilaş mumkin bölgan.
Smaylikning grafik tasviri esa yanada ertaroq – 1963 yilda paydo bölgan. Öşanda amerikalik rassom Xarvi Boll işçilari kayfiyatini kötarişga xizmat qiladigan baxtli çehra siymosini yaratiş böyiça suğurta kompaniyasidan buyurtma olgan. Boll bu vazifani 10 daqiqa içida hal qilgan: u sariq doira içiga ikkita nuqtadan iborat köz va tabassum qilayotgan oğizni çizgan. U bu işi uçun 45 dollar olgan.








