Arxitektor Çangiz Tehroniy Niderlandiyadagi binoning taşqi tomoniga jilo berişda emodzi smayliklaridan foydalandi. U Amersfortdagi bino loyihasini tayyorlaşda ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan smayliklarni qöllaşga ahd qildi. 

Uy fasadini bezaş uçun turli hissiyotlarni aks ettiruvçi 22 smaylikdan foydalanilgan. Ularning dizayni WhatsApp messenjerida qöllaniladigan smayliklar namunalaridan olingan. Ular pres-şakllar hosil qiliş maqsadida 3D-modellarga aylantirilgan.

Tehroniyning sözlariga köra, avvallari arxitektorlar binolarni qirollar va gorgullar va tarixiy timsollar bilan bezaşgan. Uning fikriça, 21-asr timsoliga aylangan smayliklar «zamonaviy gorgullar» bölişi mumkin. 

Tehroniy loyihalaştirgan bino — köp funksiyalidir. Uning birinçi qavatida dökonlar, ustki qavatlarida turarjoylar joylaşadi. U kutubxona, teatr va maktab qarşisidagi unça katta bölmagan joyda qurilgan. Arxitektor talabalar va maktab öquvçilari binoni juda köp suratga tuşirganlari sababli zerikarli beton binoni qiziqarli loyihaga aylantirişning uddasidan çiqdim, deb hisoblamoqda.