Uzun tumani IIBga Uzun tumanida Döstlik mahallasida yaşovçi, Yu. F.ning yaşaş uyining mehmonxonasidan noma'lum şaxs 200 AQŞ dollari, 250.000 söm puli, 1 dona 4 grammli ayollar tilla uzugi, qora rangli “SAMSUNG” rusumli planşet telefoni, 1 dona qora rangli “ROLSEN” rusumli musiqali markaz, 1 dona oq rangli 6 qovurğali elektr tokida işlaydigan issiq peçlarini öğirlab ketganligini bildirgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor çoralar natijasida uşbu öğrilik “issiq izi”da foş etildi. Mazkur öğrilik jinoyatini Sariosiyo tumani Nurbuloq mahallasida yaşovçi N. K. sodir etganligi aniqlanib uşlangan va aşyoviy dalil olingan. 

N. K.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov va suriştiruv işlari olib borilmoqda.