AQŞning Proterra firmasi tomonidan işlab çiqarilayotgan Catalyst E2 Max modelidagi elektroavtobus navbatdagi jahon rekordini örnatdi. U akkumulyatorlarni bir quvvatlantiriş bilan 1772 kilometr masofani bosib ötişga muvaffaq böldi.
Proterra Catalyst E2 Max ön sakkiz tonna oğirlikka ega. U siğimi 660 kilovatt-soatga teng batareyalar bilan jihozlangan. 12 metr keladigan elektroavtobus soatiga 24 kilometr tezlikda yetmiş olti soat “sayohat” qilgan.

Yangilik Indianadagi Navistar poligonida, salonda yölovçilarsiz va bekatlarsiz sinovdan ötkazildi. Agarda haqiqiy şaroitda tegişli sinovlar ötkazilsa, Catalyst E2 Max’ning yuriş masofasi jiddiy darajada qisqaradi. Elektr avtobus şahar şaroitida quvvat olmay turib 563 kilometr masofani bosib ötişi mumkin.

Bu model çiqarilgunga qadar “sayohat” davomiyligi böyiça rekord Schluckspecht-E elektrokariga tegişli edi. Bu elektromobil olti yil avval 36 soat davomida 1631 kilometr masofani ham quvvatlanmay turib bosib ötgandi. Biroq, u Catalyst E2 Max’dan 46 marotaba yengilroq bölgan.







