Kaliforniyadagi Proterra kompaniyasi 12 sentabr kuni işlab çiqaruvçilarining fikriça, an'anaviy yoqilğida harakatlanuvçi şahar avtobuslari örnini 500 km dan köproq yölga yetadigan batareyasi hisobiga egallay oladigan Catalyst E2 avtobusini namoyiş qildi.
Wired.com naşrining fikriça, jamoat transporti odatdagi şahar avtobuslarini elektr körinişidagilariga almaştiriş uçun eng yaxşi nomzod hisoblanadi. Birinçidan, uning uçun akkumulyator quvvatini töldiriş uçun stansiyalar murakkab infratuzilmasini yaratiş talab qilinmaydi. Ikkinçidan, Catalyst E2 uçun nisbatan uzoq davom etuvçi 5 soatgaça bölgan quvvatlaş vaqti muammo hisoblanmaydi: jamoatçilik transporti keçasi yurmaydi.
Catalyst E2 narxi 799 ming dollarni taşkil qiladi va dizel yoqilğisida yuruvçi avtobusning narxidan 2 barobarga qimmatroqdir. Biroq Catalyst E2 yoqilği va texnik xizmat körsatiş uçun xarajatlarni ança kamaytirişga imkon beradi.
Kompaniyaning savdolar böyiça vitse-prezidenti Mett Xortonning fikriça, avtobusning uzoq vaqt quvvatlanişsiz yura olişining siri uning akkumulyator batareyasidadir. Akkumulyatorlar 660 kVt⋅soat elektr energiya işlab çiqarişga qodir.
AQŞ jamoatçilik transporti uyuşmasi ma'lumotlariga köra, AQŞdagi avtobuslarning deyarli yarmi hozirdanoq gibrid dvigatellar bilan jihozlangan yoki muqobil yoqilği turlaridan foydalanadi.
Yangi avtobus 2017 yildan savdoga çiqariladi.











