Orzularingizni haqiqatga aylantiriş uçun öylagan narsangizni keyinga qoldirmasligingiz kerak. Aksariyat odamlar özgarişlardan qörqib, boriga qanoat qilib yaşayverişadi. Ular özlariga taniş bölgan qulaylik zonasini tark etib, tavakkalga qöl urişmaydi. Biroq ba'zan noma'lumlik sari qadam taşlab turiş ham kerak. "Layfxaker" şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

Siz bilan röy berayotgan voqealar uçun mas'ulsiz

Oğir taqdiringizdan istagança şikoyat qilişingiz mumkin, biroq hammada ham qandaydir muammolar bor. Siz bir muammoingizni hal qilasiz, ketidan boşqasi paydo böladi. Bu hayot va u öz navbati bilan davom etaveradi.

Qulay fursat heç qaçon özidan özi kelmaydi, özingiz uni yaratişingiz kerak böladi.

Heç kim siz uçun qaror qabul qilmaydi. Baxtingiz faqat öz qölingizda.

Şunçaki özgarişlarni rejalaştiriş emas, harakat qiliş kerak

Biror reja tuzganingizda öz maqsadingizga yaqinlaşayotgandek bölasiz. Aslida esa bunday emas. Biroq rejalar qoğozda yoki orzularda qolib ketsa, heç qanday ahamiyatga ega bölmaydi.

Orzular ketidan aniq xatti-harakatlar bölmasa, rivojlanişga doir öqilgan önlab kitoblar yordam bermaydi.

Bilimlaringizni hayotda qöllamasangiz, 50 ta kitob va 10 onlayn-kurs sizni biror soha professionaliga aylantirib qöymaydi. Biror yutuqqa erişiş uçun har kuni maqsadli yönalişda harakatlanişingiz kerak böladi. 

Özingizni vaziyat qurbonidek tutmang

Har birimiz muammolarga duç kelamiz. Ularning aksariyati juda qiyin, şunday bölsa-da, hal qilib bölmaydigan muammoning özi bölmaydi.

Özingizni moliyaviy yoki oilaviy şart-şaroitlar qurbonidek tutmang. Odamlar qanday qilib eng quyidan çiqib, çöqqilarni zabt etganiga köplab misollar bor.

Işsizligingizni oqlaşga harakat qilmang. Şunçaki yeng şimarib, ançadan beri közlagan maqsadingizni amalga oşiring.