Özbekiston tomonining taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi mamlakatimizga taşrif buyurdi.

ÖzA xabariga köra, taşrif doirasida 2017 yil 20 sentabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşlari apparatlari örtasida navbatdagi maslahatlaşuvlar bölib ötdi.

Muzokaralar çoğida tomonlar Özbekiston va Rossiya örtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, huquqni muhofaza qiliş va bojxona organlari, favqulodda vaziyatlar vazirliklari örtasidagi özaro aloqalar,  şuningdek, harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini körib çiqdilar. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi. 

Tomonlar joriy yilning 4-5 aprel kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratdi. 

Taşrif doirasida Rossiya delegatsiyasining Samarqand şahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan tanişişi, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, uning qabriga gul qöyişi közda tutilgan.