Fransiyada özining 95 yoşiga bir oy qolganda maşhur kosmetik kompaniya L’Oreal asosçisining qizi va dunyoning eng badavlat ayoli Lilian Bettankur hayotdan köz yumdi. Bu haqda RBK naşri uning yaqinlariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Bettankurning yagona qizi Fransuaza Bettankur Mayyers oilaviy biznes yaxşi qöllarda qolayotganiga umid bildirdi.
"Biz uçun bu oğir damlarda men oilamiz nomidan L’Oreal’ga sodiqligimizni tasdiqlamoqçiman va kompaniya prezidenti Jan-Pol Agon va uning jamoasiga işonçimizni bildirmoqçiman", deb aytgan Fransuaza Bettankur Mayyers.
Lilianning ölimi haqidagi xabarni Agonning özi ham tasdiqlagan va u kompaniya muvaffaqiyatiga salmoqli hissa qöşganini va "buyuk gözallik xonimi" bölganini ta'kidlab ötdi.
"Biz L’Oreal, kompaniya va uning xodimlari haqida qayğurgan va uning muvaffaqiyati hamda rivojiga juda boğlangan Lilian Bettankur bilan faxrlanardik", deb aytdi Agon va hamkasblari uni heç qaçon unutmasliklarini qöşimça qilgan.
Betankur 1922 yil 21 oktabrda dunyoga kelgan. Forbes jurnaliga köra, Bettankur 44,7 mlrd dollarlik davlat bilan dunyoning eng boy ayoli va eng badavlat odamlar röyxatida 13 nafar eng boy erkakdan keyin 14-örinni egallagan. U 1909 yilda L’Oreal’ga asos solgan kimyogar Ejyen Şyullerning yagona farzandi bölgan. Bettankur özida avj olayotgan aqli zaiflik tufayli 2012 yilda L’Oreal direktorlar kengaşidan ketgan. Uning oilasi kosmetik gigantning 33,1 foiz aksiyasiga egalik qiladi.








