Volvo XC40 krossoveri CMA platformasida qurilgan bölib, uni şved kompaniyasi va Xitoyning Geely kompaniyasi birgalikda yaratgan. Eslatib ötamiz, Volvo Xitoy kompaniyasiga tegişli.

Yangi maşina taşqi tomondan ötgan yili taqdim qilingan Volvo 40.1 kontseptini töliq qaytaradi. Maşina taqdimoti Milanda bölib ötdi.

Maşinaning uzunligi 4 425 mm, eni 1 863 mm,balandligi 1 652 mm ga, ğildiraklar bazasi ölçami 2 702 mm ga teng. Maşinaning yukxonasi hajmi 460 litrga, orqa örindiq yiğilganda esa 1 336 litrga yetadi.

Birinçi bosqiçda Volvo XC40 töliq privod va ikkita 4 silindrli, 2 litrli – 190 ot kuçiga ega, dizelda işlovçi D4 va 247 ot kuçiga ega, benzinda işlovçi T5 turbomotorlar bilan taklif qilinadi. Ikkala dvigatel ham 8 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi. Keyinroq sotuvga maşinaning old privodli, gibrid yoki töliq elektr hamda yangi 3 silindrli motorli versiyasi çiqadi. Maşinaning qolgan körsatkiçlari ma'lum qilinmagan.