Hayot murakkab. Kimdir unda boşini baland turib, heç kimdan biron narsa ta'ma qilmay yaşasa, boşqalar istalgan yöl bilan bölsa ham özining oldiga qöygan maqsadiga erişişga harakat qiladi.
Hayotni juda qiyin, deb nolişga şoşilmang. Zero, şu vaqtning özida sizdan ming çandon ham oğir muşkulliklarga, sinovlarga duç kelgan odamlar bor ekanligi yodingizda tursin. Alloh harakat qilgan insonga rizqini berib turadi. Qimirlagan, halol mehnat qilgan odam borki, albatta buning rohatini ham köradi.
Afsuski, şiddat bilan, şamolday yelib ötayotgan bugungi zamonda begonalar-ku mayli, biroq yaqinlarimizning holidan ham xabar ola olmayotganimiz bor gap. Turmuş taşvişlari, turli yugur-yugurlarga aralaşib qolib, özimizga qadrli bölgan insonlarni e'tiborsiz qoldirayotganimiz ham uçrab turadi.
Biroq, eng asosiysi – inson hayotda turli sinovlarga duç kelişi mumkinligini yodda tuting. Agarda, kimdir sizdan yordam sörasa, işoning, u buni ming istihola bilan qilmoqda. Rad etişga şoşilmang - ertaga siz ham uning ahvoliga tuşib qolişingiz mumkin...
Eng osoni – qayrilib ketiş, biroq tuşuniş va yordam beriş uçun esa haqiqiy qalb zarur. Azizlar, atrofdagilarga mehr va muruvvatli bölaylik!












