Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston hukumati moliyaviy xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishi kerak» - ekspert
22-23 sentabr kunlari «O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati» mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi vakili, lord Muhammad Iltaf Shayxning aytishicha, O‘zbekiston hukumati moliyaviy xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishi kerak. Buning sirasiga sug‘urta, bank xizmatlari va soliqdan tushgan mablag‘larni boshqarish kiradi.
«Men 2016 yil O‘zbekistonga kelganimda, 100 AQSh dollari rasmiy valyuta ayirboshlash shoxobchasida 3000 so‘m atrofida, ko‘chadagi «qora bozor»da esa ikki barobar baland qiymatda baholanardi. Bugun, bunday holatga barham berilganligiga guvoh bo‘lib, O‘zbekiston uchun xursand bo‘ldim. Ammo, moliya va kredit sohasini rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqilmas ekan, tadbirkorlar hamda xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekistonda ish olib borishi birmuncha qiyin bo‘lib qolaveradi», deydi u o‘z so‘zida.
Mavzuga oid
18:09 / 11.09.2019
«Fikrlarimiz 90 foiz holatda bir nuqtada kesishadi» - angliyalik lordning samarqandlik rafiqasi bilan suhbat
14:10 / 03.03.2018
Britaniya lordlar palatasi vakili: “Ulug‘bek hayot bo‘lganida o‘zbeklar birinchi bo‘lib oyga safar qilardi”
14:49 / 05.12.2016