Butunjahon bodibilding va atletikaçilik federatsiyasi (WBPF) prezidenti, 32 yoşli Pradip Subramanian 41 yoşli videobloger Stiven Limga qarşi Osiyo jangçilik çempionatining (AFC) muay-tay qoidalariga köra ötgan jangidan keyin şifoxonada jon berdi. Professional sportçi bölmagan Subramanian aslida bu jangga çiqişi kerak emas edi, biroq suğurtadagi muammosi sababli ringga çiqişi taqiqlangan boşqa iştirokçining örniga jang qilişga qaror qilgandi.
Subramanian jang davomida köplab kuçli zarbalarni ötkazib yuborgan va şunday zarbalarning biridan keyin özini yomon his qila boşlagan. Hakam jangni töxtatib, Limga texnik nokaut bilan ğalabani bergan. Subramanian ğolib taqdirlanişi vaqtida ringda bölgan va burçaklardan birida boşini eggan holda holsizlangança turgan. Söngra u şifoxonaga yetkazilgan va u yerda keçki vaqt vafot etgan.
"Men juda ham qayğudaman, avval ğalabamdan xursand edim, biroq yangilikni eşitgaç özimni xarob his qilmoqdaman. Men tomondan çeksiz hurmat qilinuvçi jangçi Pradip Subramanian oxirating obod bölsin", deb yozgan Lim Facebook’da.
Yozda ham amerikalik boksçi Tim Xag nokautga tuşgandan keyin halok bölgandi. May oyida esa botsvanalik 36 yoşli boksçi Gerbert Nkabiti jangdan keyin şifoxonada vafot etgan.












