Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov bu haqda şunday dedi: «Davlatimiz rahbarining şaxsan sportni rivojlantirişga qaratayotgan e'tiborlari nafaqat olimpiadaçilarimiz va paralimpiyaçilarimizning ajoyib yutuqlarini belgilabgina qolmay, balki Özbekistonda yangi sport davrining boşlanişining dalolati böldi. Butun dunyo pandemiya oqibatlarini boşdan keçirişda davom etmoqda: böş örindiqlar bilan ötadigan musobaqalar yangi voqelikning belgisiga aylandi desak mubolağa bölmaydi, şuning uçun muxlislar iştirokida jahon çempionatini ötkaziş istagi — çindan ham dadil va jiddiy qadamdir. Işonçim komilki, musobaqa taşkilotçilari barça ehtiyot çoralarini körişadi va Toşkentdagi jahon çempionati çindan ham haqiqiy sport bayramiga aylanadi».
https://telegra.ph/embed/youtube?url=https%3A%2F%2Fyoutu.be%2FWRHjNYKGylg
Jahon çempionati doirasida erkaklar va ayollar uçun musobaqada quyidagi toifalar taqdim qilingan:
- “Bodibilding” – muskullarning eng katta hajmiga ega sportçilar bellaşadigan musobaqaning eng maşhur toifasi;
- “Atlet-fizik” – bu toifada sportçilar özining maşğulotlari, ovqatlaniş va turmuş tarzini ideal jismoniy holatiga erişiş uçun tuzadilar;
- “Fitnes-fizik” – bu toifada qaddi-qomat, elastiklik, nafislik, texnika va estetika baholanadi, bundan taşqari akrobatika elementlari ham hisobga olinadi;
- “Model-fizik” – bu toifada sportçilar maqbul muşaklar massasiga ega kelişgan tana tuzilişlarini namoyiş qilişlari kerak;
- “Sport-fizik” – bu toifada tananing vazni, tuzilişi va jismoniy holati hisobga olinadi.
WBPF prezidenti Datuk Pol Çua: “Jahon çempionati uzoq tanaffusdan söng ötkazilmoqda – biz butun dunyodagi pandemiya tufayli 2020 yilgi mavsumni ötkazib yuborişga majbur böldik. Bu borada biz özbekistonlik hamkorlarimiz musobaqani keng kölamda ötkaziş niyatida ekanligidan juda ilhomlanib, faxrlanmoqdamiz. Işonç bilan ayta olamanki, bölajak musobaqa misli körilmagan darajada taşkil etiladi: bir neça hafta oldin WBPF vakillari bölajak musobaqalar obektlariga inspeksiya taşrifi bilan qadam ranjida etişdi va uning kölamidan boşlari osmonga yetdi. Men hamma narsani Toşkentda öz közlarim bilan körişni orziqib kutmoqdaman”.
Keng kölamli tadbirni ötkazib yubormang va eng yaxşi joylar uçun çiptalarni xarid qiling: bit.ly/3ixe43l













