Androgen reseptor modulatorlar – SARM – ya'ni bodibildingda muşak östiruvçi vositalar testosteron gormonining vazifasini bajaradigan farmatsevtika mahsulotlari hisoblanadi. AQŞ oziq-ovqat va dor ma'muriyati tomonidan tasdiqlanmagan bölsa-da, bu qöşimçalar köp hollarda bodibilding bilan şuğullanuvçilarga sotiliş hollari köpayib bormoqda. Ular qonuniy steroidlar sifatida onlayn sotilayapti. Bu iste'mol qilgan kişini ança baquvvat körsatadi, deb yozadi CNN.
SARM sifatida onlayn sotiladigan mahsulotlarning aksariyati yorliqda körsatilgan miqdordagidan köproq bölgan yoki hali tasdiqlanmagan gormonlar va steroidlarga ega böladi, deyiladi JAMA tibbiy jurnalida e'lon qilingan tadqiqot natijasida.
"Ular jiddiy salbiy ta'sirlarga ega va uşbu vositalar xavfsiz degan notöğrii tuşunça bor", - deydi tadqiqot hammualliflaridan biri Dr. Shalender Bhasin.
10 ga yaqin farmatsevtika kompaniyasi 1990 yillarning örtalaridan SARM mahsulotlari ustida izlanişlarni rivojlantirdi. Aslida muşaklari yemirilişi kabi kasalliklarga çalingan odamlarga yordam beriş uçun möljallangan dorilarning muşak ösişi va quvvat beruvçi testosteron gormoni ta'siriga öxşaş samarasi aniqlandi. Ammo testosteron salbiy ta'sirga ega emas.
Ayrim SARM dorilari odamlarda çeklangan tarzda sinalgan. Boşqalari sinab ham körilmagan. Şunga köra, ularning samarasi, xavfsizligi noma'lum bölib qolmoqda, deya ta'kidlaydi Bhasin. Şu bilan birga, avvalgi ayrim tadqiqot natijalari köp miqdorda bu dorilar iste'mol qilinsa testosteronning tabiiy hosil bölişiga tösqinlik qilişi va bepuştlikka olib kelişini körsatadi. Ular, şuningdek, ruhiy salbiy ta'sirlar körsatişi ham mumkin, xususan öz joniga qasd qiliş şular jumlasidan.
SARM içadigan kişilarda jigarning zaharlanişi, yurak xuruji röy berişi ehtimoli kuçayişi ham kuzatilgan.
"Yoşlar, ayniqsa juda yoş kişilar öz taşqi körinişlarini jozibador qiliş uçun bu dorilarni iste'mol qilmoqda", - deya ta'kidlaydi Bhasin.
Hozirda keng tarqalgan SARM dorilari ostarine, andarine, RA140, ibutamoren, GW501516 va SR9009 dir. Uşbu iboralar orqali onlayn mahsulotlarni qidirganida, tadqiqotçilar 210 dan ortiq doriga duç kelgan. Ularning aksariyati tugagani yoki mavjud emasligi ajablanarlidir. Şunga qaramay, tadqiqot guruhi 44 ta dorini xarid qilişga muvaffaq böldi. Ular Jahon antidoping agentligining kimyoviy tahlil jarayonlaridan foydalanilgan holda işlab çiqilgan.













