Office 2019 ofis töplami relizi kelgusi yilning ikkinçi yarmiga möljallangan. Orlando (AQŞ)dagi Ignite IT Pro anjumanida ma'lum qilinişiça, unga Word, Excel, PowerPoint hamda Outlook’ning yangi versiyalari, şuningdek, Exchange, SharePoint va Skype for Business server «naşrlari» kiradi.
Yangi mahsulotni ommaviy tarzda sinovdan ötkaziş 2018 yilning örtalarida boşlanadi. Microsoft’dan xabar berişlariga köra, Office 2019 Office 365 onlayn-xizmatiga obunadan foydalanmaydigan taşkilotlarga möljallangan. Bu töplam şunday kompaniyalar uçun kengaytirilgan AT-imkoniyatlar, şuningdek, qöl yozuvi orqali kiritiş bilan boğliq boşqa funksiyalarni öz içiga oladi.
Excel’da ma'lumotlarni tahlil qiliş uçun yangi formulalar va diagrammalar paydo böladi, PowerPoint esa Office 365 mijozlari hozirdan foydalanişi mumkin bölgan zum va morfing funksiyalariga örganadi. Office 2019 haqida batafsilroq ma'lumot yaqin oylar içida taqdim etiladi.









