Kanadaning Ontario viloyatidan bölgan Kleyton va Brittani Kukning nikoh töyi ularning hayotidagi eng yorqin lahzalardan bölib qolişi aniq. Çunki aynan şu kuni kuyov Kleyton nikoh fotosessiyasi ötayotgan joy yonidagi daryoga tuşib ketgan kiçik bolani qutqarib qoldi. U çökayotgan bolani payqab, darhol özini suvga taşlagan va bolakayni qirğoqqa olib çiqqan. Suratkaş ham bu vaziyatda özini yöqotib qöymay, bu hayajonli onlarni muhrlaşga tuşib ketgan. U keyinroq bu suratlarni Feysbukdagi sahifasida joylaştirgan.

Bolalar qurşovidagi Kleytonning suratlari bir ondayoq virus kabi tarqalib, ijtimoiy tarmoqda 3,5 mingdan köproq layk töplagan. CTV naşriga berilgan intervyuda kelin Britani u turmuş örtoğini aynan uning jasurligi va çaqqonligi sababli sevib qolganini aytgan.
“Bu göyoki taqdirga öxşaydi – biz u yerda bölişga majbur bölganmiz”, deb aytgan Britani.













