Istanbulda Yeni Akit gazetasi boş muharriri Qodir Demirel piçoq bilan yetkazilgan jarohatdan halok böldi. Anadolu axborot agentligining ma'lum qilişiça, Demirel kuyovi bilan nizo davomida u tomondan öldirilgan.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Demirel özining qizi Esma va uning turmuş örtoği Jamil Yovuz Karanfil bilan nizolaşib qolgan. Mojaro vaqtida kuyov qaynotasi va qaynonasiga piçoq bilan zarba bergan. Şuningdek, mojaro vaqtida Demirelning qiziga ham şikast yetgan.
Demirel olingan jarorhatlardan jon bergan, uning qizi oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgan va operatsiya qilingan.
Ayni vaqtda politsiya voqea joyida iş olib bormoqda. Voqea joyidan qoçib ketgan qotil kuyov qidiruvga berilgan.












