Şanghay aeroportida payşanba kuni Xitoyning birinçi magistral samolyoti ikkinçi sinov parvozi amalga oşirildi, deyiladi fuqaro aviatsiyasi axborot portali xabarida.

Ta'kidlanişiça, samolyot Şanghaydagi «Pudun» aeroportining törtinçi uçiş-qöniş yölagidan mahalliy vaqt bilan soat 07: 23da (Toşkent vaqti bilan soat 04:23) parvoz qilgan.

Bu samolyotning ikkinçi sinov parvozidir. Joriy yilning 5 may kuni uning ilk «debyuti» amalga oşirilgandi. 

C919 - 158 ta iqtisodiyot sinfidagi örindiqlar va 5,5 ming kilometrgaça parvoz masofasiga ega bölgan Xitoyning birinçi magistral avialayneri loyihasidir. Uşbu loyiha ğarbdagi yetkazib beruvçilar keng jalb qilingan holda COMAC (Commercial Aircraft Corporation of China) tomonidan amalga oşirilmoqda.

COMAC ma'lumotlariga köra, hozirda kompaniya 27 mijozdan 730 samolyotga buyurtma olgan. Hammasi bölib, COMAC kelajakda kamida ikki mingta avialayner sotişni rejalaştirmoqda.