Meksika prezidenti Enrike Penya Neto çorşanba kuni sentabr oyidagi ikki zilziladan keyingi vayronlarni qayta tiklaş işlariga taxminan 37,5 milliard peso (2 milliard dollardan ziyod) kerak bölişini ma'lum qildi. 

Uning sözlariga köra, faqatgina Çyapas va Oaxaka ştatlarining öziga 6,5 milliard peso (358,5 million dollar) ajratiladi, qolgan ştatlar, şu jumladan Mexikoga esa 10 milliard peso (551,5 million dollar) yönaltiriladi. 

"Biz madaniy meros infratuzilmasiga yetgan ziyon kölamini tuşunib turibmiz, dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu taxminan 8 milliard peso, ehtimol, yakuniy raqamlar kamroq bölar, ammo mingdan ziyod zarar körgan ibodatxonalar madaniyat vazirligiga vaziyatni şunday baholaş imkonini berdi", - dedi Penya Neto Mexiko gubernatorlari bilan uçraşuvda. 

Prezident yana 123 milliard peso (717 million dollar) ta'lim muassasalariga yetgan zararni qoplaş uçun yönaltirilişini ma'lum qildi.

19 sentabr kuni Meksikada 7,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Mamlakat janubidagi kuçli yer silkinişlari Mexikogaça yetib bordi va önlab uylarni vayron qildi. Keyinroq yana ikki takroriy yer silkinişi (5,8 va 6,1 magnitudali) haqida ma'lum qilindi. Sönggi rasmiy ma'lumotlarga köra, 337 kişi halok böldi. 7 sentabr kuni ham kuçli zilzila röy berib, unda 70ga yaqin kişi halok bölgan.