AQŞning Kaliforniya ştatidagi katta magistral yöl yoqasida prezident Donald Trampning impiçmentini talab etuvçi ijtimoiy banner paydo böldi. Prezident iste'fosini talab etişga tarğib etuvçi banner Oklenddan San-Frantsiskoga ketiş yölida örnatilgan.

Foto: © Twitter/CBS News

CBS News xabariga köra, uşbu taşabbus muallifi «Jasorat kampaniyasi» taşkiloti bölib, ular bu ulkan ijtimoiy banner hozirça prezident iste'fosi haqida söz oçişni istamay turgan Kongress a'zolariga bosim ötkazişidan umid qilişmoqda.

«​Bundan avvalgi prezidentlar ham qöl urmagan, rahbar etikasiga xos bölmagan nomaqbul harakatlari bilan Donald Tramp AQŞ tarixidagi eng yomon davlat yetakçisi bölib qoladi»​, deydi taşkilot direktori Eddi Kurtz.

Ayni kunlarda esa prezident harakatlarini parodiya san'ati orqali tanqid qilib kelayotgan aktyor Alek Bolduin yana Saturday Night Live dasturiga qaytgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Foto: © Twitter/The Hill‏

Eslatib ötamiz, u joriy yilning sentabr oyida aynan AQŞ prezidenti Donald Tramp parodiyasini yaratgani uçun «Emmi» mukofotiga loyiq deb topilgandi.