Binokl — erkaklarning majburiy bölmagan töplam predmeti, biroq biror narsani kuzatiş kerak bölgan taqdirda usiz iloj yöq. Aynan şuning uçun Trendymen dökondan xarid qiliş mumkin bölgan eng yaxşi töqqiz binokl haqida ma'lumot berdi.
Nikon 7540 Monarch 3 8×42
Nikon binokllari qatori juda keng va unda har qanday vazifani bajaruvçi uskunalar topiladi. Şunday bölsa-da, agar siz Osiyo junglilariga sayohatni qilişni közlamagan bölsangiz, örtaça Monarch 3 modelini sotib olişingiz mumkin. Binokl suv va zarbaga çidamli bölib, taşqi va içki linzalarning yalliğlanişiga qarşi qoplama bilan jihozlangan va bu har qanday yoruğlikdagi şaroitda ham ajoyib aniqlikni ta'minlaydi.

Bushnell Legend Ultra 10×42
Bushnell Legend Ultra binokli yovvoy tabiat manzaralari va uning kengliklari böylab sayohatga otlanganlar uçun ayni muddaodir. Binoklda ultrakeng tarmoqli qoplamadan foydalanilgan, u old tomonni orqa tomondan vizual ajratiş va aniqlik darajasini yaxşilaş imkonini beradi, 42 millimetr diametrli linzalar esa haqiqatda köp narsani köriş imkonini yaratadi.

Steiner Predator Xtreme 8×22
Barça ekstremallarning "yoqimtoyi" bölgan bu binokl ixçamlik va tasvir sifatini özida jamlagan. U çöntakka siğib ketişiga qaramay, jiddiy uskuna hisoblanadi. Gap uning maxsus sifat tizimidadir. Undagi linzalar odatiy tunnel sxemasida emas, prizma körinişida joylaşgan, bu esa minimal xatoliklar bilan tasvir maydonini kengaytiriş imkonini beradi.

Celestron Skymaster Giant 15×70
Bu model avvalgisining aksi hisoblanadi va çöntakka siğmaydi. Bu binokl 70 millimetrli obektivga ega, yaqinlaştiriş tizimi esa xuddi teleskopniki kabi işlaydi. Skymaster Giant linzalari orqali oydagi kraterlarni köriş mumkin yoki qarama-qarşi uydagi fitnes uskunasini batafsil tomoşa qiliş mumkin.

















