Rossiya Federatsiyasining sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Denis Manturov 3 oktabr kuni mamlakat bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashdi hamda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, Rossiya sanoat va savdo vaziri O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashadi.








