DW xabariga köra, Yevropa Kengaşi Parlament assambleyasi - PASE 30-sentabr kuni Strasburgda şu mazmundagi rezolyutsiyani qabul qilgan.
Hujjatda Rossiyaga qarşi ikki davlatlararo iş böyiça Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorlari asosida Ukrainaga kompensatsiya tölaş uçun muzlatilgan aktivlardan foydalanişga çaqirilgan.
Assambleya Yevropa Kengaşi şafeligida maxsus moliyalaştiriş mexanizmini taşkil etişni tavsiya qilmoqda. Rossiyaning muzlatilgan aktivlari uşbu mexanizmga ötkazilib, sud belgilaydigan tovonlarni tölaşga sarflanişi közda tutilgan.
Gap qaysi sud işlari haqida bormoqda?
Rezolyutsiyada Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Ukraina taşabbusi bilan körib çiqilgan ikki davlatlararo işda Rossiyani inson huquqlarining jiddiy buzilişi uçun javobgar deb topgani eslatilgan.
Birinçi iş Rossiya anneksiya qilgan Qrimdagi okkupatsion maʼmuriyat tomonidan inson huquqlarining buzilişiga taalluqli.
Ikkinçisi - «Ukraina va Niderlandiya Rossiyaga qarşi» işi - Donbassda 2014-yildan boşlangan voqealar, jumladan, MH17 reysini bajarayotgan samolyotning urib tuşirilişi hamda 2022-yil 24-fevralda boşlangan keng kölamli bosqin bilan boğliq.
Hujjatga köra, sud har ikki işda huquqbuzarliklarning xususiyati va kölami Yevropa Kengaşi tarixida misli körilmaganini qayd etgan. Rossiyaning harakatlari taşkilotning asosiy qadriyatlari va xalqaro huquqiy tartib asoslariga zid deb baholangan.
«Uşbu ikki davlatlararo iş böyiça adolatli tovon miqdorini belgilaş masalasi hali hal etilmagan bölsa-da, Ukrainaga yetkazilgan zarar kölamini hisobga olganda, tayinlanadigan summalar milliardlab, önlab milliard yoki yuzlab milliard yevroga yetişi mumkin», - deyiladi rezolyutsiyada.
YEKPA deputatlari şu asosda Rossiyaning muzlatilgan davlat aktivlarini sud qarorlari böyiça kompensatsiya tölaşga yönaltirişni xalqaro huquqqa muvofiq «qonuniy qarşi çora» deb hisoblamoqda.
Rossiyaning boşqa işlar böyiça qarzi ham bor
Rezolyutsiyada aytilişiça, Ukrainaning davlatlararo daʼvolari böyiça kompensatsiyalardan taşqari, Rossiyaning sud qarorlari asosida tölaşi kerak bölgan qarzi keçiktirilgan tölovlar uçun foizlar bilan birga 3,3 mlrd yevrodan oşgan.













