«Çelsi» yarimhimoyaçisi Fransesk Fabregas Sky 1 telekanali orqali efirga uzatilgan A League of Their Own körsatuvi orqali APL tarixidagi öz vaqtida eng maşhur bölgan voqeani tan oldi.

Körsatuv boşlovçisi Jyeyms Korden futbolçiga 2004 yilning oktabrida sodir bölgan voqeani eslatib savol bergan. Öşa vaqtlarda Fabregas «Arsenal» safida töp surardi. «Mançester Yunayted»ga qarşi uçraşuvdan söng (0:2) londonliklardan kimdir «MYu» boş murabbiyi Aleks Fergyusonning yuziga qarata pitssa uloqtirgan.

«Arsenal»ning sobiq sardori, hozirgi kundagi ekspert Martin Kioun eslagandi: «Esimda bor, u ispaniyalik yigit edi, juda yaxşi texnika egasi bölgan. Hattoki pitssa uloqtirganda ham u ajoyib texnikasini namoyiş etgan».

Fabregas bu gaplardan keyin Fergyusonga pitssani aynan u otganini tan oldi. «Ha, men otgandim! Ammo Martin Kioun – aldayapti, axir men yaxşi eslayman, u menga orqasini ögirib turgan holda kim bilandir gap talaşayotgandi. Men esa öşa joydan turib pitssani uloqtirgandim. U Fergyusonga borib tekkandi», – deya gapirib ötgan ispaniyalik futbolçi.