Vazirlar Mahkamasining 15.09.2017 yildagi 727-son qarori bilan içki işlar organlarining tergov bölinmalari xodimlariga qöşimça ustamalar tölanadigan maxsus malaka darajasini beriş hamda oğir va öta oğir jinoyatlarni namunali foş etganlik va tergov qilganlik uçun pul mukofotlari tölaş tartibi belgilandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
Maxsus malaka darajalari tergov bölinmalari boşliqlari va ularning örinbosarlari, suriştiruvçilar, tergovçilar, suriştiruv işlarini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş bölinmalari xodimlari, tergov faoliyatini taşkillaştiriş bölinmalari xodimlari, axborot-tahlil bölinmalari xodimlari, kadrlar bölinmalari xodimlariga beriladi.
Maxsus malaka darajasi mezonlar asosida 100 balli baholaş tizimi böyiça belgilanadi. Ular uçun qöşimça ustamalar örnatilgan.

Bundan taşqari, quyidagilar uçun bir martalik pul mukofoti közda tutilgan:
• oğir va öta oğir jinoyatlarni namunali tergov qilganlik uçun — 4 EKIH;
• oğir jinoyatlarni namunali foş etganlik uçun — 6 EKIH;
• öta oğir jinoyatlarni namunali foş etganlik uçun — 8 EKIH.








