Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 779-son qarori bilan 2017-2022 yillarda yer osti çuçuk suv zaxiralaridan foydalanişni kengaytiriş hisobiga Farğona vodiysi aholisini içimlik suvi bilan ta'minlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilindi.
Norma.uz’ning xabar berişiça, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• 2017-2022 yillarda Farğona vodiysi aholisini suv bilan ta'minlaş tizimini yaxşilaşga qaratilgan yer osti çuçuk suv zaxiralarini qayta baholaş va oşirişni ta'minlaş, ulardan oqilona foydalanişning kompleks çora-tadbirlari. Namangan va Farğona viloyatlarida yer osti suv zaxiralarini qayta baholaş va oşirişni ta'minlaş böyiça gidrogeologik işlarni hamda Farğona vodiysi hududida yer osti suvlaridan foydalaniş va gidrogeologik tadqiqotlarning real holatini baholaş böyiça hududiy gidrogeologik tadqiqotlarni amalga oşiriş közda tutilmoqda;
• 2017-2022 yillarda Farğona vodiysida ekspluatatsiya (jami – 501) va kuzatuv (jami – 70) quduqlarini quriş va rekonstruksiya qilişning yiğma parametrlari.
Qaror bilan yuqoridagi çora-tadbirlarni moliyalaştiriş manbalari aniqlandi va ularni ijro etiş böyiça vakolatli organlarga kerakli topşiriqlar berildi. Hujjatni amalga oşiriş uçun şaxsiy mas'uliyat Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi rahbarlari, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklandi.
Hujjat 4.10.2017 yildan kuçga kirdi.










