Visual Capitalist tomonidan Jahon banki hamda Our World in Data platformasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan infografikada mamlakatlar aholi jon boşiga töğri keladigan qayta tiklanuvçi çuçuk suv zaxiralari böyiça taqqoslangan.

Unga köra, Islandiya uşbu reytingda mutlaq yetakçi hisoblanadi. Mamlakatda har bir aholi hissasiga yiliga taxminan 15,7 million kub fut, ya’ni qariyb 445 ming kub metr qayta tiklanuvçi çuçuk suv töğri keladi.

Mutaxassislar bu körsatkiçni mamlakatdagi köplab muzliklar, yil davomida yoğadigan serob yoğingarçilik va aholining nisbatan kamligi - taxminan 400 ming kişi ekani bilan izohlaydi. Şu omillar Islandiyani aholi jon boşiga çuçuk suv bilan eng yaxşi ta’minlangan davlatlardan biriga aylantirgan.

Reytingda keyingi örinlarni Gayana va Surinam egallagan. Bu mamlakatlarda tropik iqlim tufayli yoğingarçilik köp bölib, sersuv daryolar tarmoği yaxşi rivojlangan. Şu bilan birga, aholi soni nisbatan kamligi suv resurslarining aholiga töğri keladigan uluşini oşiradi.

Tahlilda qayd etilişiça, umumiy suv zaxirasi katta bölgan mamlakatlar har doim ham aholi jon boşiga suv ta’minoti böyiça yuqori örinlarni egallamaydi. Masalan, Kanada dunyodagi eng katta çuçuk suv zaxiralaridan biriga ega bölsa-da, ularning katta qismi aholi yaşaydigan va qişloq xöjaligi rivojlangan hududlardan ança uzoqda joylaşgan.

Xuddi şunday holat Rossiya va Braziliya uçun ham xos. Bu mamlakatlarda qayta tiklanuvçi suv resurslari ulkan hajmni taşkil etsa-da, aholi soni köpligi sababli bir kişiga töğri keladigan suv miqdori reytingda pastroq baholanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mamlakatning umumiy suv zaxiralari katta bölişi uning barça hududlari suv bilan bir xil ta’minlanganini anglatmaydi. Agar asosiy suv manbalari aholi ziç joylaşgan yoki qişloq xöjaligi rivojlangan hududlardan uzoqda bölsa, ayrim mintaqalarda suv tanqisligi yuzaga kelişi mumkin.