Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya podshohi Putin bilan uchrashuvda Eronni tanqid qildi
Foto: Sputnik/ Sergey Guneyev
Rossiyaga 3 kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida Kremlda o‘tgan muzokaralarda Eronni tanqid qildi.
"Ta'kidlaymizki, Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharqdagi xavfsizlik va barqarorlik dunyoda xavfsizlik va barqarorlikka erishishdagi dolzarb zaruratdir. Bu Erondan mintaqaning ichki ishlariga aralashuvdan, bu mintaqadagi vaziyatni barqarorsizlashtirish bo‘yicha harakatlardan voz kechishni talab qiladi", deb aytdi podshoh.
Podshoh Salmon Suriya va Iroqning hududiy yaxlitligi saqlanib qolishi muhimligini aytib o‘tgan. U, shuningdek, Falastin xalqining poytaxti Sharqiy Qudsda bo‘lgan o‘z mustaqil davlati tashkil qilish huquqini ta'minlaydigan adolatli va doimiy tinchlikka erishish haqida gapirib o‘tdi.
Mavzuga oid
23:00 / 11.03.2026
G‘arbiy Yevropada AQSh-Eron urushining birinchi kunida sirli radiostansiya ishga tushdi
22:40 / 11.03.2026
Mantiqsiz urush. Uni boshlaganlar qanday tugatishni bilmayapti
21:41 / 11.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush tufayli neft zaxiralarining tarixdagi eng katta zaxirasi ochiladi
21:06 / 11.03.2026