Amerikadagi CBS telekompaniyasi Eron zarbalaridan keyin AQŞning Yaqin Şarqdagi qator obyektlarida yuzaga kelgan vayrongarçiliklar kölamidan guvohlik beruvçi kadrlarni qölga kiritdi.

photo_2026-09-17_17-17-26
Saudiya Arabistonidagi şahzoda Sulton aviabazasida zarbaga uçragan Boeing E-3 Sentry samolyoti fotosurati

Harbiy xizmatçilar tomonidan taqdim etilgan fotosuratlarda ikkiga bölinib ketgan radar samolyot, yer bilan bitta bölgan treylerlar va kuçli şikastlangan binoni köriş mumkin.

Fotosuratlar (sanalar keltirilmagan) AQŞning Saudiya Arabistoni va Kuvaytdagi bazalari hamda obyektlarida olingan.

Harbiy xizmatçilardan biri telekanalga anonim tarzda şunday degan: «Bu bazalarimizga yetkazilgan jiddiy şikastlanişlar va bu haqda Amerika jamoatçiligiga maʼlum qilinmagan. Biz u yerda [xuddiki] közlarimizni yumib turganmiz va yuzimizga zarbalar qabul qilib olganmiz».

Saudiya Arabistonidagi «Şahzoda Sulton» aviabazasida olingan fotosuratda Boeing E-3 Sentry samolyoti ikkiga bölinib ketgani, uning dum qismi ğijimlanib, paçoqlanganini köriş mumkin.

Fotosuratlarda sanalar yöq bölsa-da, şu yil martida xuddi şunday samolyot zarbaga uçrab, yöq qilingani tasdiqlangandi.

Boeing E-3 AWACS erta ogohlantiriş samolyotlari uzoq masofadagi ehtimoliy nişonlarni aniqlaş va kuzatiş uçun foydalaniladi.

Öşanda AQŞ rasmiysi Reuters agentligiga Eronning aviabazaga uyuştirgan hujumi oqibatida 12 nafar amerikalik askar yaralangani, ulardan ikki nafarining ahvoli oğir ekanini maʼlum qilgandi.

Kuvaytdagi «Byuring» bazasida olingani taxmin qilinayotgan (ularning ham sanasi körsatilmagan) ikkita fotosuratda esa yakson qilingan treylerlar hamda çodir körinişidagi, tom qismi ilma-teşik bölgan va tutun içida qolgan inşoot aks etgan.

photo_2026-09-17_17-20-58
Foto: CBS News
Kuvaytdagi «Byuring» bazasida Eron zarbalari ostida vayron bölgan treylerlar