Toşkent şahridagi umumta'lim öquv muassasalarida «UP» savdo belgisining InterSok kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan yangi maktab dasturiga start berildi.
«UP» – maxsus qadoqdagi 125 ml'li nayçaga ega bolalar şarbatlari va nektarlari. Assortimentda beş xil ta'm taqdim etilgan - olma, olça, şaftoli, örik, multifrut - ularning har biri ğaroyib ertak qahramoni bilan "döstlaşadi". Şarbatlar qadoqlarini bezovçi quvnoq "maxluqlar" bir-biriga öxşamaydi, ularning har biri öz fe'l-atvori va hatto öz ismiga ega - Barki, Tvinis, Volli, Puli va Toro-toro. Turli ta'mli şarbatlar qatorida olma şarbati ajralib turadi - uning tarkibida qand umuman yöq, u haqiqiy sehrli xususiyatlari bilan ajralib turadi: IQ'ni oşiradi, öqiş qobiliyatini yaxşilaydi, intellektual rivojlanişni rağbatlantiradi. Bu esa öquvçilar uçun ayni muddaodir!
Öqişga bölgan qiziqiş kun sayin kuçayib borişi uçun qanday yöl tutiş kerak? Yangi bilim va a'lo baho oliş oliş jarayonini qanday qilib qiziqarli "kvest"ga aylantiriş mumkin? Bu savollar InterSok kompaniyasini respublikada öxşaşi yöq yangi maktab dasturini işlab çiqişga undadi.
Uning öziga xosligi şundaki, diqqat markazida - boşlanğiç sinflar öquvçilari. Öquvçi yoşlarga möljallangan turli loyihalar, grantlar köp bölişiga qaramay, bu toifadagi bolalar bilan deyarli heç kim maqsadli iş olib bormaydi. InterSok bolalarni yaxşi öqiş, bilim olişga undaş maqsadida aynan boşlanğiç maktabga kelişga qaror qilgan birinçi kompaniya böldi. Buning oson yöli qanday? Töğri, öyinlar va qiziqarli musobaqalar şaklida.


«UP» savdo belgisining maktab dasturi şunga asoslangan. Brend vakillari qadoqdagi xuddi öşa ğaroyib "maxluqlar" kiyimini kiygan animatorlar - Barki va Puli bilan birga bolakaylarning oldiga mehmonga kelişadi. Sevimli şarbatlari bilan mehmon qilişadi, tabiiy şarbatlarning foydasi haqida sözlab berişadi va... sovğalar ulaşişadi! Har bir boşlanğiç sinf öquvçisi maktab qurollari töplami, şu jumladan ta'til, bayramlar kunlari belgilangan individual öquv taqvimi hamda daftar muqovalariga (köpaytiriş jadvali va grammatik qoidalar berilgan) ega böladi. Barçasi bejirim, yorqin, asosiysi - foydali.

















