Milliarderlar işongan özbek iş boshqaruvchici Ra'no Jörayeva haqida bilarmidingiz?
|02:38 / 08.10.2017209 48313 min
Foto: MarieClaire
Toşkentlik Ra'no Jörayeva Forbes röyxatidagi uç milliarder - Oleg Deripaska, Dmitriy Kamenşik va Vasiliy Anisimovlarning kompaniyalarini boşqargan. Endi esa u TsENKI (Tsentr ekspluatatsii obektov nazemnoy kosmiçeskoy infrastruktury - Kosmik infratuzilma obektlarini ekspluatatsiya qiliş markazi) boş direktori bölib, Rossiyaning barça kosmodromlari uçun mas'ul şaxs. MarieClaire jurnali ayol kişining qanday qilib bunday yuksak darajaga erişganiga qiziqiş bildirib, Ra'no Jörayeva bilan suhbat uyuştirdi. Quyida mazkur suhbatning qiziqarli lavhalarini keltiramiz.
- Ra'no Frunzevna, qaysi loyiha ustidagi işlar siz uçun eng qiyin bölgan?
- Men şuğullangan barça loyihalar qiziq. Qiziqarli loyihalarning bari qiyin böladi. Eng qiyini qaysi deysizmi? Öylaşimça, hozirgi işim. Avval bunday keng kölamli vazifalarga duç kelmagandim. TsENKI - bu bir vaqtning özida ming xil biznes-jarayonlar degani.
- Sizni çöçitişi mumkin bölgan qiyinçiliklar bormi?
- Har qanday murakkab vazifa önlab, yuzlab oddiy vazifalardan iborat. Asosiysi, uning tuzilişini, uning nimadan taşkil topganini tuşunib yetiş va biror bir elementni közdan qoçirmaslik. Agar şuni tuşuna olsangiz, qiyinçilik çöçitmaydi. Barçasi xuddi matematika kabi. Institutga kirayotgan vaqtimda buyuk matematik bilan şuğullanganman, har qanday murakkab darajadagi vazifalarni yeçişni örgatgani uçun undan haligaça minnatdorman. Bu menga institutda öqiş jarayonida, dissertatsiya himoyasida va keyinroq, murakkab texnik tizimlarni boşqariş sohasida işlay boşlaganimda kömak berdi.
- Uddasidan çiqa olmagan işlaringiz bölganmi? Yoki iş şu darajada murakkabligidan unga kirişişga hojat ham yöqligi anglangan işlar?
- Tajribamdan kelib çiqib şuni aytişim mumkinki, ba'zan mening boşqaruvim ostida bir vaqtning özida 30-40 loyiha bölgan vaqtlar bölgan, - resurs bölmasa, vazifani yeçib bölmaydi. Istak bölmaydi. Mablağ bölmaydi. Asosiysi, jamoa ham yöq. Jamoa - eng muhim omil. Masalliq töliq bölsa, har qanday taomni tayyorlaş mumkin.
- Ya'ni ilojsiz narsaning özi yöq demoqçisiz?
Mavzuga oid
- Ha, butun bir insoniyat rivoji tarixi şuni namoyon qilmoqda. Birinçi navbatda, kosmosni zabt etiş. Bu inson amalga oşirgan eng yaxşi kvintessensiyadir. Yaxşiki, biz bu yerda asosiy rollardamiz. Insoniy imkoniyatlarni kengaytiriş, fikrning iş berişi haqida gap ketganda Rossiya muayyan vazifalarni qöyadi.
- Loyihalaringizdan birortasiga özgaça mehr qöyganmisiz?
- Oxirgisiga bölsa kerak. Bunda qandaydir sehr bor. Qaçonlardir kim böliş borasida qarorlar qabul qila boşlaganimda şundan boşlganman. "Kosmonavt bölmoqçiman" demaganman, albatta. Holbuki u paytlar köpçilik şunday derdi. Men doim kosmos sohasida işlaşni xohlaganman. Kosmik sohada mutaxassislarni tayyorlovçi Leningrad aviatsiya texnologiyalari institutiga kirişga tayyorlanganman. Bir öringa 16 kişi da'vogar bölgan öşanda va men Toşkentdan kelib, imtiholanlardan muvaffaqiyatli ötganman.
Foto: MarieClaire
- Köpçilik xohlagan, lekin nima uçun aynan siz ötgansiz?
- Men doim maqsad sari intilganman. 8-sinfdan şu mavzu bilan şuğullanganman, institutlar bilan yozişganman, turli kurs işlarini örganardim. Bu sohaga juda qiziqardim va bunda onam meni qöllab-quvvatlardi.
- Oilangiz haqida sözlab bersangiz.
Barçasi Leningrad konservatoriyasining 1941 yilda Toşkentga evakuatsiyasidan boşlangan. U yerda pedagoglar qobiliyatli yoşlarni tanlab olayotgan bölişgan. Mening onam tanlovdan ötişga muvaffaq bölgan va qamaldan keyin musiqaçilar bilan Leningradga yöl olişgan. Öşa yerda maktab, musiqiy kollejni tugallab, Leningrad konservatoriyasiga öqişga kirgan. Vokal böyiça pedagog Antonina Andreyevna va uning turmuş örtoği, konservatoriya professori Grigoriy Mixayloviç Buzening farzandlari bölmagan. Ular onamni deyarli qiz qilib boqib olişgan. Men Leningradga kelganimda ular meni öz qadrdonidek kutib olişgan va özlarining Vasiliy oroli 15-liniyasidagi uylaridan joy berişgan. Biroq, afsuski, uzoq muddatga emas. Toşkentdan keyin Piter iqlimiga moslaşa olmadim va bir yildan söng öqişimni Moskva şahridagi Aviatsiya institutiga köçirdim va şu dargohni tamomladim. 30 yildan ortiq vaqt davomida fuqarolik aviatsiyasi bilan şuğullandim. Kutilmaganda qönğiroq jiringladi: "Igor Anatoleviç Komarov bilan uçraşiş niyatingiz bormi?" Aslida nima bölganini hali-hanuz anglab yeta olmayman.
Aftidan, aviatsiyadagi 30 yillik faoliyatim öziga xos maktab bölgan.
- Kamenşik-Deripaska maktablari sizga nima berdi?
- Bu öz kuçi bilan oyoqqa turgan va mamlakat uçun köp narsa qilgan ajoyib işbilarmonlardir. Men ulardan köp narsani örgandim va ayni damda ularni hayotga tadbiq qilmoqdaman. Ular meni ayab ötirişmagan, mening imkoniyatlarim bilan hisoblaşib ham ötirmay, köp işlarni yuklab taşlaşgan, tösiqlar qöyişgan. Biroq şu tariqa men hozirgi darajamga erişdim.
- Aytişlariça, siz fantastik darajada işçansiz. Buning uçun kuç va vaqtni qayerdan olasiz?
- Men buni uddalay olişim haqidagi fikrning özi menga kuç beradi! Vaqt masalasida esa men tejamkorman. Masalan, işga doir qandaydir masalalarni tuşlik ustida muhokama qilaman - şunçaki tuşlik qilişga ne hojat? Keçki ovqat bilan ham şunday. Şubhasiz, bir sutkada 24 soat kamlik qiladi. Şunday bölsa-da, barça masalalarni hal qiliş uçun 1440 daqiqa yetadi.
Barçasini-ya?
Barçasini deb bölmaydi, albatta. Men odatda iş rejasini bir oy, bir hafta, bir kunlik qilib tuzaman va şu rejaning heç bölmaganda 30-40 foizini bajarsam, işimning uddasidan çiqayotganimni anglayman.
- Nima uçun sizning biznesingizda ayollar bu qadar kam?
Hamma konstruktorlar, muhandislar qilayotgan işini mayda detallarigaça tuşunişi kerak, ular "tunnelça fikrlaş" qobiliyatiga ega bölişi kerak. Bu esa, asosan - erkaklar.
- Gap biologiyadami?
- Fikrimça, ha. Erkaklar hamma narsaning tubiga yetişi kerak. Predmetni töliq biliş ularga oldinga harakatlaniş va kaşfiyotlar qiliş uçun kuç beradi. Ayollar esa asosan yuzaki fikrlaşadi, ularning hayotda boşqa qiziqişlari köp - oila, dugonalar, hayot tarzi, taşqi köriniş borasida qayğuriş va h.k. Ularning diqqatni jamlaşi qiyinroq. Şu bilan birga, ba'zi narsalar çidamlilikni talab qiladi, şu jumladan, jismoniy jihatdan ham.
- Bu faqat kosmosga taalluqlimi yoki umuman karera qurişdami?
- Men "şişa şift nazariyasi" tarafdori emasman. Aksinça, muvaffaqiyatga erişiş borasida hatto ayollarning salohiyati yuqoriroq deb hisoblayman. Tabiat ayol kişiga tez moslaşiş, tez örganiş, stressni yengiş, quvvat töplaş, çiroyli, epçil, yorqin böliş imkonini ato etgan. Fikrimça, karera qurişni maqsad qilgan ayolning yölida heç qanday tösiqlar bölmaydi.
- Işingiz nimasi bilan qiziq?
- Murakkab vazifalar bilan. Xuddi sportdagi kabi. Muşak maşqlarini bajarib, bir sakraşda 6 metr balandlikni zabt etişga tayyor turganingizda sizga 20 sm taklif qilişsa, albatta, qiziği yöq. 6 m 20 sm balandlik bölsa - mutlaqo boşqa gap.
- Nabiralaringiz siz bilan faxrlanişsa kerak?
Ikki nabiram bor - 10 va 6 yoşda, Pyotr va Lev. Ular işxonamda bölib, parvoz jarayonini körişgan. Şundan keyin tönğiç nabiram maktabda "Uçuvçining parvozi qanday amalga oşiriladi?" nomli taqdimot qilgan. Hammasini körsatib bergan. Şundan keyin öqituvçi qizimni çaqirib "Bilasizmi, öğlingiz qandaydir ğalati gaplarni gapiryapti. Uning aytişiça, parvoz jarayonlarining barçasini buvisi boşqarar emiş" deb aytgan. Voqeani anglab yetgaç, uzr söraşgan, albatta. Katta nabiram "Ra'no buvi" deb çaqiradi, kenjasi esa "Ra'no Frunzevna!"
- Hayotingizda işdan taşqari yana nimaga örin bor?
- Sportni unutmaslikka harakat qilaman. Kuç töplaş va biroz çalğiş uçun fitnes-zalga boraman. Köpinça butun oilamiz bilan sayohatga çiqamiz. Yaqinda Plyosda böldik.
- Yana nimalarni örganişni xohlardingiz?
- Ba'zan tuşlarimgaça kiruvçi orzuim bor. Maşina haydaş. Albatta buni ham uddalayman. Vaqti keldi.
Foto: Kosmik infratuzilma obektlarini ekspluatatsiya qiliş markazi
- Musiqaga bölgan muhabbat ota-onangizdan ötganmi?
- Teatrsiz yaşay olmayman. Ota-onam menda opera va baletga mehr uyğotişgan. Moskvadagi premeralarning doimiy mehmoniman.
- Uy işlari bilan şuğullanişga ham vaqtim bor dersiz. Işonmayman.
- Nima uçun? Men mazali taom pişirişim mumkin. Nabiralarim men tayyorlagan palovni yaxşi körişadi, katta bayramlar munosabati bilan oş pişiraman. Umuman, bunday işlarni yaxşi köraman, biroq, töğrisini aytganda, bunga vaqtimni qizğonaman.
- Siz uçun avtoritet kim?
- Hayron bölişingiz mumkin, lekin bu - mening qizim. U endigina dunyoga kelganida butun umr meni qöllab-quvvatlovçi döstim bölişini his qilganman. Undan taşqari, köp yillik döstlarim bor. Texnik xodimlar, işbilarmonlar, ijod kişilari. Masalan, piar yönalişida işlovçi xodimimiz Maşa aslida maşhur yozuvçi va şu bilan birga kreativ dugonam hamdir. Uzoq yillardan beri birga işlaymiz va ajoyib narsalar öylab topamiz. U - öz sohasining ustasi, men - öz sohamning.
- Öz xodimlaringizdan professionalizmdan taşqari yana nimalar kutasiz?
- Menga "jonli" odamlar kerak. Ularda biror nima qiliş istagi bölişi muhim. Şunçaki işda böliş emas, qandaydir narsalarni A punktdan B punktga olib ötiş muhim. Bundaylar juda kam. Biroq bu yerga jamoasiz bir özim kelganimda "yonib" turgan kişilarni kördim. Ularning vaziyatni boşqaruvçi "dirijyori" yöq edi, şunçaki. Keyin esa avval işlagan odamlarimdan ba'zilarini bu yerga köçirişga muvaffaq böldim. Ular ham qiziqib qolişdi va qolgan işlarini taşlab, bizga qöşilişdi.
- Ohanrabolik siri nimada - sizning aurangizdami yoki munosib maoşingizda?
- Bilasizmi, samoga parvoz qilayotgan raketani körganingizda kosmodrom şovqinini eşitasiz... Bu haqiqiy romantika. Bu yerda işlaydiganlarning köpi pul uçun emas, şu işga aloqadorlik uçun işlaşadi.
- Loyihalaringiz orasida "sifat tizimi" kabi format bor. Eşitilişi köp narsani va'da qiladi, aslida esa bu nima?
Masalan, men Domodedovoda işlaganimda şunday tizimni tuzişimga töğri kelgan. Hammasi oddiy. Terminalda kişilarga xizmat körsatayapsanmi, ular sening işingdan mamnun bölişlari kerak. Siz ham kimgadir xizmat qilayotganingizdan özingizni haqoratlangan his qilmaysiz. Bu sizning işingiz va siz uni bajonidil bajarişingiz kerak. TsENKIda sifat muhim.
- Kundalik hayotingizdagi sifat tizimi qanday?
Bu mavzu ustida boş qotirib ötirmayman. Men perfektsionistman, şu bois agar aeroportda işlar rejadagidek keçmayotgan bölsa, bu mening jahlimni çiqaradi. Men içimdagi albatta aytadigan insonman. Tuzatiş kiritmay, befarq ötib keta olmayman.
Kiçik blits-sörovnoma:
Men heç qaçon bunga yöl qöymayman...
...mas'uliyatsizlik va befarqlik.
Men osongina tavakkal qilaman, agar...
...menga qiziq bölsa.
Men tasavvur qila olmayman...
...5 kun ketma-ket dam olganimni va heç nima qilmasligimni.
Har qanday tuşunarsiz vaziyatda...
...fikr yuritişga ketaman.
- Endigina karerasini boşlayotganlarga qanday maslahat bergan bölardingiz?
- Har bir inson özini qiziqtirgan iş bilan şuğullanişi kerak. Özingizga yoqmaydigan işda heç qaçon muvaffaqiyatga erişa olmaysiz. Şuningdek, aktiv sifatida doimiy rivojlaniş kerak, deb hisoblayman. Raqobatbardoş böliş, zamonga moslaşiş va eruditsiyani kengaytiriş kerak. Özingiz haqiqatda qiziqqan narsa haqida esa, tabiiyki, köproq ma'lumotga ega bölgingiz keladi. Bari özaro boğliq.
Foto: RBK
Ra'no Jörayeva
Lavozimi: Kosmik infratuzilma obektlarining ekspluatatsiya markazi boş direktori
Ma'lumoti: Moskva aviatsiya instituti
Karerasi: «Aeronavigatsiya» davlat ilmiy-tadqiqot institutida işlagan, Airport Management Company Ltd'da biznesni rivojlantiriş böyiça direktor, «Domodedovo» aeroport kompleksi va uning noaviatsion faoliyati rivojiga yönaltirilgan loyihalarni amalga oşiriş bilan şuğullangan, «Gruppa SINTeZ» MÇJ boş direktori, «Bazovyy element»ning Aviatsiya sektori rahbari, «Aeroport Sistems Development» boş direktori, Fuqarolik aviatsiyasi innovatsion markazi prezidenti, «TranInfoTex» MÇJ boş direktori, Xalqaro aeroportlar assotsiatsiyasining ijroçi direktori.
Oilasi: qizi, ikki nabirasi;
Yoqtirgan ifori: Cartier VIII;
Sevimli şirinligi: «Raxat» şokoladi (Qozoğiston);
Sevimli kitobi: öz kundaligi va Çingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asari.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi